Pedagogika universiteti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAROHATLANG ANLARNI TAShISh USULLARI VA TAShISh VAQTIDA YoRDAM BERISh
Cho`kkan odamga birinchi yordam ko`rsatish Jabrlanuvchini suvdan chiqarib olgach, uni qattiq joyga yotqizib yuqori nafas yo`llarini tozalash, nafas olayotgan-olmayotganini 5 sekund ichida aniqlash, nafas olmayotgan bo`lsa, sun'iy o`pka ventilyatsiyasini amalga oshirish, uyqu arteriyasidan tomir urishini tekshirish, tomir urmayotgan bo`lsa, yurak-o`pka faoliyatini tiklash choralarini ko`rish lozim. 110 JAROHATLANG ANLARNI TAShISh USULLARI VA TAShISh VAQTIDA YoRDAM BERISh Davolash muassasalariga kelgan bemor yoki jarohatlangan odamlarning ko’pchiligi kasalxonalarga yurib borolmaydi. Ularni ko’tarib olib borishga to’g’ri keladi. Shuningdek, baxtsiz hodisa yuz berganda bemorlar harakat qila olmaydi. Shu boisdan barcha aholi va talabalar odamlarni va b emorlarni kasalxonaga ko’tarib olib borish usullarini yaxshi bilishlari kerak. Bemorlar kasalxonaga qo’lda va nosilka (zambil)da, shuningdek, qo’lda yasalgan har xil materiallardan qilingan (improvizirovanniy) nosilkalarda olib boriladi. Standart nosilkaning og’irligi 9,5— 10 kg, uzunligi - 221 sm, kengligi - 55,1 sm, balandligi - 16,4 sm bo’ladi. Keyingi vaqtda yengilroq — og’irligi 7,5 kg bo’lgan nosilka konstruktsiyasi ishlab chiqilgan. Meditsina nosilkasi (a) va yasama nosilkalar (b, v). Aholi orasida yoppasiga shikastlanish va jarohatlanish ro’y berganda qutqaruvchi otryadlar (spasatelniy otryad) tashkil qilinib, ularda nosilka ko’taruvchi zvenolar ham bo’ladi. Yarim oy jamiyati esa sanitar drujinalar tashkil qiladi. Qutqaruvchi otryadlar va sanitar drujinalar bemorlarga zarur meditsina yordami ko’rsatishi bilan birga, jarohatlanganlarni favqulodda vaziyat yuz bergan joydan olib chiqishga ham yordam beradi. Nosilka ko’taruvchi zveno to’rt kishidan iborat bo’ladi. Yaqinroqdagi kasalxonalarga nosilkani ikki kishi ko’tarib borsa ham bo’ladi. Jarohatlanganlar nosilkaga ikki xil usulda yotqiziladi. Nosilka ko’taruvchilar to’rt kishi bo’lsa, uchtasi qator turib, 111 jarohatlangan odamning yuziga tomon tizzasini bukkan holda uni baravar ko’tarib nosilkaga yotqizadi. To’rtinchi kishi esa bemorning to’g’ri yotishiga, nosilkaning qulay vaziyatda turishiga e'tibor beradi. Nosilka ko’taruvchilar ikki kishi bo’lsa, birinchisi bemorning kurak sohasidan, ikkinchisi dumbaning pastki qismidan qo’lini o’tkazib olib ko’taradi va nosilkaga yotqizadi. To’rt kishi bo’lganda esa ikkitasi nosilkaning oldidan, ikkitasi orqadan ko’taradi. Kerak bo’lgan vaqtda biri-ikkinchisi bilan o’rin almashishi mumkin. Nosilkadagi odam og’ir jarohatlangan bo’lsa, uni to’g’ri yo’ldan ko’tarib ketayotganda oyoq tomonini oldinga, bosh tomonini orqaga qilib ko’tariladi. Bunda jarohatlanganning ahvoli kuzatib boriladi. Nosilkani to’rt kishi balandlikka yoki zinadan yuqoriga ko’tarib chiqayotganda oldingi tomondagi kishilar nosilkani bir oz pasaytirib, orqa tomondagilar esa yelkasiga ko’tarib, bir muvozanatda ushlab boradi. Balandlikdan yoki zinadan pastga tushayotgan vaqtda esa nosilka aksincha ko’tariladi. Favqulodda vaziyat yuz bergan joyda ko’p odam jarohatlanganda ularni tez olib chiqib ketish uchun nosilkalar yetarli bo’lishi kerak. Ular yetishmay qolganda turli materiallar (masalan, yog’och, qop, yostiq jildlari)dan ham nosilka o’rnida foydalanish mumkin. Jarohatlangan odamlarni olib ketish uchun nosilka tasmalari-lyamkalari ishlatiladi. Ular brezent tasma bo’lib, uzunligi 3600 mm, eni 650 mm, metalldan yasalgan mahkamlovchisi bor. Har bir metr uzunlikda tasma bilan mahkamlovchi orasida planka bo’lib, tasma uchini o’tkazish bilan 8 raqamli shaklga keltirish mumkin. Shunday tasmani yelkaga osib, jarohatlangan odam yotqizilgandan so’ng, nosilka kerakli joyga ko’tarib olib boriladi. Qishda tunuka, fanerdan foydalanib chana yasab, jarohatlangan odamni unga kamar bilan bog’lab olib ketish mumkin. Adyol va kiyimlardan foydalanib yasama nosilkalar tayyorlash mumkin. Shikastlangan kishilarni zararlanishning og`ir-yengiligiga ko`ra guruhlarga bo`lib ketma-ket transportirovka qilinadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling