Pedagogika universiteti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

QON  KETISh  TURLARI. 
QON  KETIShNI  TO`XTATISh  USULLARI 
Qon quyidagi uch asosiy vazifani  bajaradi: 
1.  Organizm  to`qimalariga  kislorod  va  to`yimli  moddalarni  yetkazib  berish 
hamda hayot faoliyati  mahsulotlarini  chiqarish. 
2.  Antitelalarni  ishlab  chiqarish  yo`li  bilan  organizmni  kasalliklardan  himoya 
qilish  hamda infektsiyadan  muhofaza qilish. 
3.  Qon  butun  organizm  bo`ylab  aylanishi  hisobiga  tananing  doimiy  haroratini 
saqlab turish. 
Qon  ketish  organizmda  bir  necha  reaktsiyani  uyg’otadi.  Miya,  yurak  va 
buyrak  hayotiy  muhim  organlarga  kislorod  bilan  to`yingan  qon  oqimini  saqlab 
turish  uchun  yo`qotilgan  qon  o`rnini  darhol  to`ldirishga  harakat  qiladi. 
Jarohatlangan  joydagi  qon  iviy  boshlaydi.  Ivish  -  shikastlangan  tomirni  berkitish 
va  qon  ketishini  to`xtatishga  qaratilgan  qonning  quyulish  jarayonidir. 
Shuningdek,  organizm  qizil  qon  tanachalarini  ko`proq  ishlab  chiqara  boshlaydi, 


 
40 
bu  hujayralarga  kislorod  yetkazib  berilishiga  yordam  beradi.  Oddiy  vaziyatda 
organizmdan  chiqarib  yuboriladigan  ortiqcha  suyuqlik,  aylanayotgan  qonning 
doimiy  miqdorini  saqlab turish maqsadida yana qon oqimiga qo`shiladi. 
Aylanib  turgan  qon  hajmi  xavfli  darajagacha  kamayishiga  olib  keluvchi 
qattiq  qon  ketishi  jabrlanuvchining  hayotiga  xavf  soladi.  Natijada  hayotiy 
muhim  organlar yetarli  miqdorda kislorod bilan ta'minlanmaydi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling