Nafas yo`llari o`tkaza olmasligining sabablari
Nafas yo`llarining o`tkaza olmasligi tilning ichga botishi yoki jarohat
yoxud
allergiyaning og’ir xili natijasida og’iz bo`shlig’i va tomoq
to`qimalarining shishib qolishi oqibatida yuz beradi. Hushsiz holatdagi
kishilarda bunga sabab ko`pincha til bo`lib, u tomoqning ichiga kirib qoladi va
o`pkaga havo o`tishini to`sib qo`yadi.
Nafas yo`llarining o`tkaza olmay qolishiga sabab ularga yot jismlar,
masalan, ovqat, kichik o`yinchoqlar yoki qusiq, shilimshiq, qon yoki so`lak kabi
suyuq moddalarning kirib qolishidir. Bu holat bo`g’ilish deyiladi. Yot jismlar
nafas yo`llarining tomoqdan tortib o`pkagacha bo`lgan istalgan joyida tiqilib
qolishi mumkin.
Bo`g’ilishning eng tarqalgan sabablari quyidagilardan iborat:
• ovqatning katta bo`lakchasini yaxshilab chaynamasdan yutib yuborishga
urinish,
• ovqatgacha yoki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimliklarni juda ko`p iste'mol
qilish. Alkogol qusish refleksini bo`shashtiradi va ovqat tiqilishi ehtimolini
oshiradi,
• tish protezlari ovqat yutish oldidan yaxshi chaynalganligini sezishga xalaqit
beradi,
• ovqatlanish vaqtida qizg’in gaplashish va kulish yoki shoshilib ovqat yeyish,
• og’izda ovqat yoki yot jismlar borligida yugurish, o`ynash yoki chopish.
Do'stlaringiz bilan baham: |