Go`daklarda yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish
Bir yoshga etmagan go`dakda tomir urishini aniqlash juda murakkab.
Shuning uchun, agar maxsus tayyorgarlik bo`lmasa, nafasi to`xtagan go`dakning
tomirini bir necha sekunddan ortiq tekshirish mumkin emas. Bo`g`ilishdan
bo`lak hodisalarda go`daklarda, odatda, nafas to`xtagach, tomir urishi ham
to`xtaydi.
Go`dakning tomir urishi katta yoshlilarniki kabi uyqu arteriyasida emas,
balki qo`lning ichki tomonidagi, yelkasiga yaqin yelka arteriyasida tekshiriladi.
Go`dakning qo`lidagi yelka suyagiga, tirsagiga emas, balki qo`ltiq chuqurchasi
yaqiniga ikkita barmoqni qo`yib, barmoqni qo`lga yengil botirib, 5-10 sekund
davomida tomir urishi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |