Pedagogika universiteti


Yurakni yopiq massaj qilish uchun


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

Yurakni yopiq massaj qilish uchun: 
• Barmoq bilan to`shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu erga 
qo`yiladi.  Jabrlanuvchining  tovoniga yaqin bo`lgan qo`lni ishlatish  zarur. 
•  Boshqa  qo`lning  kaftini  jabrlanuvchining  to`shiga,  barmoqlar  turgan  joydan 
yuqoriroqqa qo`yiladi. 
•  Barmoqlarni  chuqurchadan  olib,  birinchi  qo`lning  kaftini  boshqa  qo`ldan 
yuqoriroqqa qo`yiladi. 
• Barmoqni ko`krak qafasiga tekizmaslik  kerak. 


 
19 
 
To`shni  15  marta  bosiladi.  Bosishda  qutqaruvchining  yelkasi  kaftlari 
ustida  turishi  lozim.  To`sh  4  sm  dan  5  sm  gacha  chuqurlikda  10  sekund  ichida 
taxminan  15  marta  bosiladi  (1  minutda  80  dan  100  martagacha)  bosiladi.  Bir 
maromda,  tikka, qo`lni doimo to`sh ustida tutgan holda bosish kerak.  Muolajani 
o`tkazayotganda  tebratuvchi  harakat  qilmaslik  lozim.  Bu  bosishning  ta'sirini 
kamaytirib,  kuchning  bexuda  sarflanishiga  olib  keladi.  Navbatdagi  bosishni 
boshlashdan  oldin  ko`krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo`l qo`yib berish 
kerak. 
  
"Og`izdan-og`izga"  2  marta  to`la  puflanadi.  Buning  uchun  boshini  orqaga 
egib,  iyagini  ko`tarib,  nafas  yo`llari  ochiladi.  Jabrlanuvchining  burun  kataklarini 
qisib,  ikki  marta  to`la  puflanadi,  har  biri  1,5-2  sekund  davom  etishi  kerak.  havo 
o`pkaga  o`tayotganiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  ko`krak  qafasi ko`tarilayotgani 
kuzatiladi. 
          To`shni  bosish  va  puflash  siklini  davom  ettiriladi.  Buning uchun 15 marta 
bosish va 2 marta puflashdan iborat 3 sikl bajariladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling