Pedagogika universiteti
Bolaning tomiri urayotgani sezilmasa va u nafas olmayotgan bo`lsa
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish to`xtaganda birinchi yordam ko`rsatish: kattalar va bolalarda suniy o`pka ventilyatsiyasini o`tkazish
Bolaning tomiri urayotgani sezilmasa va u nafas olmayotgan bo`lsa,
tez yordam etib kelgunicha yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish davom ettiriladi. To`shni 5 marta bosish va bir marta puflashdan iborat siklni bajariladi va tomir urishi tekshiriladi. Nafas olish to`xtaganda birinchi yordam ko`rsatish: kattalar va bolalarda sun'iy o`pka ventilyatsiyasini o`tkazish Sun'iy o`pka ventilyatsiyasi jabrlanuvchining organizmini uning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo`lgan kislorod bilan ta'minlash maqsadida jabrlanuvchi o`pkasiga havo puflashdan iborat. Sun'iy o`pka ventilyatsiyasi nafas olmayotgan, biroq tomiri urib turgan jabrlanuvchilarda o`tkaziladi. Agar hodisa sodir bo`lgan joyda xavf-xatar bo`lmasa, dastlabki tekshirish o`tkaziladi. Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash, "Sizga yordam kerakmiq" deb baland ovoz bilan so`rash lozim. Jabrlanuvchi hushsiz bo`lsa, jabrlanuvchini asta orqasiga aylantirib (zarur bo`lgan taqdirdagina), nafas yo`llarini ochib (boshini orqaga egib, iyagini ko`taring), boshini orqaga egib, iyagini ko`tarib, bolalarda - peshonasiga asta bosib, iyagini ehtiyotkorlik bilan ko`tariladi. 23 Nafas bor-yo`qligini tekshirish uchun nafas bor-yo`qligini aniqlash kerak. Buning uchun 5 sekund davomida ko`rish. eshitish va sezish nazoratidan foydalanish lozim. Nafas olmayotgan bo'lsa, "Og`izdan-og`izga" 2 marta to`la puflanadi. 24 Tomiri urayotgan-urmayotganini tekshirish uchun kekirdakni paypaslab topib, bo`yinning yonida joylashgan chuqurchaga barmoq surib boriladi. Tomir urishi 10 sekund davomida tekshiriladi. Sun'iy o`pka ventilyatsiyasini o`tkazish davom ettiriladi. Buning uchun boshni orqaga egib, iyagini ko`tarish uslubi bilan nafas yo`llarini havo o`tadigan holatda tutib turiladi. Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi: • Kattalarda: har 5 sekundda 1 marta to`la puflanadi. • Bolalarda: har 3 sekundda 1 marta to`la puflanadi. • Go`daklarda: har 3 sekundda 1 marta tuda puflanadi. Havo o`pkaga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak qafasi ko`tarilishi kuzatiladi. Katta yoshli jabrlanganlarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 12 marta puflanadi. Bolalarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 20 marta puflanadi. Tomir urishi va nafasni bir necha minut oralatib tekshirib turiladi. Agar jabrlanuvchining tomiri urib turgan bo`lsa-yu, avvalgidek nafas olmayotgan bo`lsa, tez yordam etib kelgunicha sun'iy o`pka ventilyatsiyasi davom ettiriladi. Agar jabrlanuvchining tomiri urmayotgan, o`zi nafas olmayotgan bo`lsa, yurak- o`pka faoliyatini tiklash ishini (reanimatsiya)ni o`tkazish boshlanadi. Jabrlanuvchining tomiri urayotgani va u nafas olayotgani sezilsa, jabrlanuvchini xushiga keltiruvchi holat (tiklanish holati)da yotqizib, nafas yo`llarini havo o`tadigan holatda tutib turiladi. Nafas olishini kuzatib turib, qattiq qon ketayotgani ma'lum bo`lib qolsa, u to`xtatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling