Pedagogika universiteti
Shikastlanganlarni qidirish usullari
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Shikastlanganlarni qidirish usullari:
1. Shikastlanganlarni mexanizatsiyalashgan vositalar (vertolet, samolyot, maxsus mashinalar) bilan qidirish. 2. Kuzatish yo`li bilan qidirish. 3. Qidiruv guruhi bilan qidirish. 4. Sanitariya patrullari. 5. Sanitariya-haskashlash yo`li bilan qidirish. 6. Yoritish moslamalari bilan kechasi qidirish. Bino va inshootlar qulaganda insonlar vayronalar ostida qolib ketadi va har xil shikast, jarohatlar oladi. Shuning uchun erkin jamoa qutqaruvchilari o`qitilgan, birinchi tibbiy yordam bera oladigan bo`lashlari kerak. 4 Qutqaruvchilar quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishlari kerak: 1. Erkin qutqaruvchilar xafsizlikka rioya qilishlari lozim. 2. Xafsizlikning eng muhim choralaridan biri birgalikda ishlashdir. Qutqaruvchilar 2, 3, 4 va 5 tadan bo`lib ishlashlari kerak. 3. Qutqaruvchi keraksiz bo`lgan xavfga, ya'ni o`zini ochiqdan –ochiq xavfli vaziyatga solib, muammo keltirib chiqarmasligi kerak. Sherik bilan ishlaganda birinchisi qutqarish ishlari bilan band bo`lganda, ikkinchisi uni kuzatib turadi va xavfsizligini ta'minlaydi. 4. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun kerak bo`ladigan narsalar: kaska (qalpoq), ko`zoynak, changdan saqlovchi niqob (protivogazlar, respiratorlar, paxta dokali bog`lamlar), qo`lqoplar, rezina yoki lateks qo`lqoplar, pishiq oyoq kiyimlar, fonar, arqon, tizzani himoya qilish uchun ―nakolennik‖ va markerlar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qarashli qidiruv va qutqaruv xalqaro tashkiloti odamlarni vayronalar ostida qutqarishning 6 ta bosqichini ajratadi: 1. Vaziyatga baho berish. 2. Injener tarmoqlarini uzish. 3. Voqea joyini ko`zdan kechirish. 4. Buzilgan, qulagan binolar ostini tekshirish. 5. Vayronalarni qisman tozalangandan so`ng tekshirish. 6. Hech kim qolmaganligiga ishonch hosil qilib, vayronalarni tozalash. Yuqoridagi 3 ta bosqich ―uengil qidiruv va qutqaruv‖ ishlarini tashkil qiladi va uni erkin jamoat qutqaruvchilari amalga oshira oladi. Keyingi 3 ta bosqich professional qutqaruvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Talofatning birinchi kuni, ya'ni dastlabki 24 soat ―oltinga teng soatlar‖ hisoblanadi, chunki aynan shu daqiqalarda insonlar tirik qolishga, ularni hayotini saqlab qolishga imkon bo`ladi. Afsuski, bu vaziyatlarda o`sha joyda 5 bo`lgan odamlargina bir-biriga yordam bera oladilar. Ko`pchilik hollarda qutqaruv ishlari qo`shnilar va qarindoshlar tomonidan amalga oshiriladi. Halokatning ilk daqiqalarida har qanday odam yordam ko`rsatishni bilishi kerak. Odam resurslariga quyidagilar kiradi: 1. Harbiylar 2. O`t o`chiruvchilar 3. Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xodimlari 4. Militsionerlar 5. Vrach, hamshira, sanitarlar 6. O`rgatilgan erkin qutqaruvchilar 7. Elektriklar 8. Tarjimonlar 9. Injenerlar 10. Arxitektorlar Birinchi yordam ko`rsatishda dastavval qilinadigan ish — hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirib, qutqaruvchiga, atrofdagilarga yoki jabrlanuvchilarga nisbatan tahdid tug`diradigan narsa bor-yo`qligini aniqlashdan iborat. Agar qutqaruvchining o`zi ham qurbon bo`lsa, u boshqalarga ko`mak bera olmay qoladi. Jiddiy avariya yoki hodisa sodir bo`lgan joyga juda ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish kerak. hodisa sodir bo`lgan joyda aniq xavf mavjud bo`lsa, kutqaruvchining imkoniyatlari cheklangan bo`ladi. Joyni ko`zdan kechirish paytida o`ziga va atrofdagilarga nisbatan aniq xavf tug`diruvchi hamma narsaga e'tibor berish lozim. Bular: to`kilgan yoqilg`i, chiqayotgan gaz, uzilgan elektr simi, bosib kelayotgan suv oqimi singari tabiiy omillar va hokazolar bo`lishi mumkin. Bunday holatda birinchi yordam ko`rsatish qoidalari asosida harakat qilish lozim. Tez yordam chaqirganda baxtsiz hodisa turi hamda jabrlanganlar soni to`g`risida imkoni boricha aniq, ma'lumot berish, 6 atrofdagilarning hammasini jabrlanuvchilarga yordam ko`rsatishga jalb qilish kerak. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling