“Sakkizsimon “bog’lam. Bu bog’lam ensa va bo’yin sohasiga qo’yiladi.
Bint o’rami bosh atrofida ikki marta o’ralib, mustaxkamlovchi bog’lamdan so’ng
ensa sohasi orqali bo’yinni oldingi qismiga o’tadi, ikkinchi tarafdan ensa sohasi
orqali yuqoriga ko’tariladi. Xar gal shu bog’lam qaytariladi, bir oz yuqoriga
yoki pastga surilishi mumkin. Bog’lam bosh atrofida tugaydi.
“Yugancha” boglami-uzdechka.
Yugancha bog’lam bosh, yuz, pastki jag’ jarohatlarida qo’llaniladi. Bosh atrofida
ikki marta mustaxkamlovchi bog’lam qilingandan so’ng ensa sohasi orqali
bo’yinni oldingi qismiga o’tib, bo’yindan aylanib o’tadi va pastki jag’ni tagiga
kelib, pastki jag’ni yon tarafidan yuqoriga ko’tarilib, chakka soxasidan utib
peshonaning ustki qismidan ikkinchi tomondagi chakka, yuz va pastki jag’ni
ostiga qaytib tushib, bo’yinni aylanib, orqa qismiga o’tadi va bosh, bo’yin
soxasida doirasimon bog’lam hosil qiladi. Bu bog’lam bosh sohasi butunlay
bekilgungacha qaytariladi. Yuz atrofidan o’tuvchi bogl’am har gal yuqoriga
yarim bintga suriladi. Bu bog’lamda o’n marta mustaxkamlovchi bog’lam
ketma-ket qaytariladi (bosh, bo’yin, yuz sohasida). Bog’lam boshda
mustaxkamlovchi bog’lam bilan tugatiladi. Mustahkam bog’lam hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |