Pedagogika universiteti


Shina qo`yishda quyidagilarga rioya qilinadi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

Shina qo`yishda quyidagilarga rioya qilinadi: 
1.  Shikastlangan  joy holatini  o`zgartirmasdan  taxtakachlanadi 
2.  Ham  shikastlangan  joy,  ham  undan  yuqorida  va  quyida  joylashgan 
bo`g’imlar  qo`shib taxtakachlanadi 
3.  Taxtakachlashdan  oldin  ham,  keyin  ham  tananing  shikastlangan  qismidagi 
qon  aylanishini  tekshiri,  shikastlangan  qo`l  yoki  oyoq  barmoqlarini 
tekshirish,  ular  ushlaganda  iliq  va  tirnog’i  yoni  pushti  rang  bo`lishi  lozim. 
Uvishgani  to`g’risida shikoyat bo`lsa, bog’lam bo`shatiladi. 
4.  Taxtakachni 
shikastlangan 
joyning 
yuqorisidan 
hamda 
quyisidan 
mahkamlab  qo`yish lozim. 
Ochiq  siniqdan  tashqari  har  qanday  shikastlanishda  muz  qo`yiladi.  Sovuq 
og’riqni  kamaytirib,  shishni  pasaytiradi,  chunki  u  qon  tomirlarini  toraytiradi. 
Odatda,  sovuq  narsa  har  soatda  15  minutdan  qo`yiladi.  Zarur  bo`lgan  hollarda 
shikastlanishdan  keyingi  dastlabki  ikki  kecha-kunduz  davomida  shunday 
qilinadi. 
Teri  qoplamini  muhofaza  qilish  uchun  muz  kompress  bilan  teri  orasiga  doka 
yoki  mato  qatlami  qo`yiladi.  Muzni  polietilen  paketga  solib  hamda  uni 
ho`llangan  sochiqqa  o`rab  kompress  qilish  ham  mumkin.  Ochiq  sinishda  sovuq 
kompress  qo`yilmaydi,  chunki  singan joyga bosim bilan ta'sir ko`rsatish og’riqni 


 
67 
keltirib  chiqaradi.  Boylam  va  muskullar cho`zilganda, shish qaytgach (odatda, 2-
3  kundan  so`ng),  shikastlangan  qismga  qon  oqimini  kuchaytirish  uchun  iliq 
kompress qo`yiladi. Shunda bitish jarayoni  tezlashadi. 
Shikastlangan  joyni  ko`tarib  qo`yish  qon  oqimini  sekinlashtiradi,  bu  o`z 
navbatida shishni  kamaytiradi.   

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling