Pedagogika universiteti
Tizza shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilak shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish:qattiq shina qo`yish
Tizza shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish Hamma turdagi sinishda bo`lganidek, bunda ham jabrlanuvchiga qulay o`rnashib olishida yordam beriladi. Agar tizzasi bukilgan bo`lsa, uning ostiga lo`la qilib taxlangan adyol yoki yostiq qo`yib, bukilgan holida qimirlatmaslik, tizza to`g’rilangan bo`lsa, shikastlangan oyoqni sog’ oyoqqa bog’lab, qotirib, sovuq kompress qo`yiladi. Bilak shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish:qattiq shina qo`yish Jarohatlangan qo`lning qimirlamasligini ta'minlash uchun qattiq shina qo`yiladi. Bunda jabrlanuvchi qo`lini tutib turishga qodir bo`lmasa, uning qo`lini shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan tutib turiladi. Barmoqlari tekshiriladi, ya'ni ular ushlaganda iliq tuyulishi va tirnoq atrofi pushti rangda bo`lishi lozim. Jabrlanuvchining qo`lidan iloji boricha barcha uzuklarini yechib olish, barmoq uchlari uvishgan-uvishmaganligini jabrlanuvchidan so`rash, shinani qatlam bilan shikastlangan bilak ostiga qo`yish va jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta kishidan shinani o`sha joyda ushlab turishni iltimos qilinadi. Panjaning tabiiy holatini saqlab qolish uchun jabranuvchining kaftiga bironta yumshoq narsa qo`yiladi. Shinani shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan bog’lab, bog’lam uchini, singan joydan imkoni boricha nari- beri qilib bog’lanadi. 69 Bilak shikastlanganda ro`mol bilan bog’lam qo`yish mumkin. Buning uchun jarohatlangan qo`lni tutib turishni jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta odamdan iltimos qilinadi. Bog’lamning bir uchini jarohatlangan qo`l ostidan, sog’ yelka ustidan o`tkazib, ro`molning to`g’ri burchagi uchini jarohatlangan qo`l tirsagi ostidan o`tkaziladi. Agar tirsak shikastlangani gumon qilinmayotgan bo`lsa, qo`l 90° qilib bukiladi. Ro`molning bir uchini boshqa yelkasi osha o`tkaziladi. Bog’lam uchini shikastlangan tarafning qarshi tomonidan bo`yinga bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo`yiladi. Bog’lamni tirsak yonidan imkoni boricha tortib yoki to`g’nog’ich bilan to`g’nab qo`yiladi. Bog’lamni jarohatlangan qo`l tomonidan ko`krak atrofidan tortib, bog’lam uchlarini 70 qarama-qarshi tomondan sog’ qo`l ostidan bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo`yiladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling