Me'dadan qon ketganda shoshilinch tibbiy yordam
Oshqozon va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi o`z vaqtida
davolanmasa, turli asoratlarga olib keladi. Xavfli asoratlardan biri yaraning
teshilib ketishidir (perforatsiya). Bunda to`satdan qorinda qattiq og`riq paydo
bo`ladi va zudlik bilan jarrohlik muolajalari talab etiladi. Kasallik asoratlaridan
yana biri yaradan qon ketishidir. Agar qon ko`p ketsa, bemor birdan
holsizlanadi, rangi oqarib, ter bosadi, ba'zan xushidan ketadi. Bemor qon qusishi,
qon aralash ichi ketishi mumkin. Agar qon kam ketsa, ahlatdagi qonni maxsus
tekshirish yo`li bilan aniqlasa bo`ladi. Bunday hollarda zudlik bilan tibbiy
yordam talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |