Stenokardiya va miokard infarkti xurujida birinchi tibbiy yordam.
Bu kasallik juda ko`p uchraydi. Bunda yurakni qon bilan ta'minlovchi toj
tomir tirqishi qon laxtagi (tromb) bilan tiqilib qoladi va natijada yurakning
ma'lum qismiga qon yetib kelmaydi. Natijada yurakning shu qismi kislorod va
oziq moddalarga to`yinmaydi va ―nekroz‖deb yuritiladi. Infarkt so`zi ―oqarish‖
degan ma'noni bildiradi. Og`riq sindromini to`xtatish uchun til ostiga
(sublingval) yoki 0,4 mg aerozolda nitroglitserin (har 5 daqiqada 3 marta)
beriladi. Agar nitroglitserin og`riqni to`xtatmasa nonarkotik analgetiklar
(ketonal, ketoral) qo`llaniladi.
Stenokardiya kasalligida yurak muskullari yetarli miqdorda qon va oziq
moddalar ololmaydi, natijada kislorod tanqisligi paydo bo`ladi. Ko`krak qafasida
kuchli og`riq turadi. Buni olimlar «ochiqqan miokard qichqirig`i» deb atashgan.
Og`riq huruji bir necha sekunddan 20 minutgacha davom etadi. Chap qo`l, chap
yelka va kurak ostiga uzatilib, issiq joydan sovuq joyga o`tganda og`riq
kuchayadi. Ayrim vaqtlarda og`riq huruji tunda bo`lib turadi. Stenokardiya
huruji haftasiga 1-2 martagacha bo`lishi mumkin. Qancha tez-tez og`riq xuruji
takrorlanib tursa, shuncha kasallik chuqurlashib, yurak to`qimalari nekroziga,
ya'ni infarkt miokardiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |