Zaharlanish belgilari va alomatlari
1. Ko`ngil aynishi, qayt qilish.
2. Ich ketishi.
3. Ko`krak yoki qorin og`rishi.
4. Nafas olishning buzilishi.
5. Ko`p terlash.
6. So`lak ajralishi.
7. Hushdan ketish.
8. Muskul uchishi va tortishishi.
9. Lab atrofi, til yoki teri kuyishi.
10. Terining notabiiy rangga kirishi, qichishi, jarohatlar paydo bo`lishi.
11. Jabrlanuvchining g`alati xatti-harakatlari.
Zaharlanishda birinchi yordam ko`rsatish
Zaharlanish bilan bog`liq har qanday shoshilinch vaziyatda birinchi
yordam ko`rsatishning asosiy qoidalariga amal qilinadi.
Jabrlanuvchidan yoki guvohlardan qanday turdagi zaharlovchi modda qabul
qilingani, qancha qabul qilingani va qancha vaqt o`tgani so`rab-surishtiriladi.
Agar zaharli modda turi noma'lum bo`lsa, tibbiy ekspertiza qilish uchun
qusuq massasidan ozroq olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |