Pedagogika universiteti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Zaharlanish sabablari
Organizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yoki o`limga olib keladigan har kanday modda zahar hisoblanadi. Zaharlanish oqibatlari zaharli modda (yoki shunchaki modda) turiga, miqdoriga, zaharlanish ro`y bergan vaqtga, zaharli modda bilan kontakt qancha vaqt davom etganligiga, jabrlanuvchining fiziologik ko`rsatkichlari (yoshi, og`irligi)ga va organizmga tushish usuliga bog`liq bo`ladi. Zaharli modda inson organizmiga to`rt xil yo`l bilan: ovqat hazm qilish yo`li, nafas yo`llari, teri (dermal usul) hamda in'ektsiya orqali tushishi mumkin. 85 Ovqat hazm qilish yo`li orqali zaharlanish zaharli moddalar og`iz orqali yoki bu moddalarning lablarga yohud og`iz shilliqiga tegishi orqali organizmga tushishi natijasida ro`y beradi. Bu moddalar: dori-darmon, yuvish vositalari, pestitsidlar, qo`ziqorinlar va o`simliklar bo`lishi mumkin. Ko`p moddalar zaharli hisoblanmaydi va faqat ko`p mikdorda qabul qilingandagina zaharlanishga olib keladi. Gazsimon yoki nafas orqali tushadigan zaharli moddalar nafas olganda organizmga tushadi. Ularga gazlar va bug`lar, masalan, avtomobil tutunlari yoki pechning yohud isitish qurilmasining havoni yomon tortishi natijasida xonaga kiradigan is gazi, azotning chala oksidi (sarxush qiladigan yoki gangitadigan gaz) hamda ishlab chiqarishda qo`llaniladigan xlor, turli yelimlar, bo`yoq moddalari, erituvchi-tozalovchi moddalar kiradi. Teri qoplamasi orqali tushadigan zaharli moddalar ayrim o`simliklar, erituvchilar hamda hasharotlarga harshi qo`llaniladigan vositalar tarkibida bo`lishi mumkin. In'ektsiya orqali organizmga zaharli moddalar, hasharotlar, ilon chaqqanda hamda hayvonlar tishlaganda, shuningdek dori yoki giyohvand moddani shprits orqali yuborganda tushishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling