SOVUQ OLDIRISh
Past harorat ta'sirida to’qimalarning shikastlanishiga sovuq urishi
deyiladi. Sovuq urishining sabablari turli-tuman va ma'lum sharoitlarda (ortiqcha
namlik, tor va ho’l poyafzal, harakatsiz turish, uzoq vaqtgacha sovuqning ta'sir
qilishi, shamol, shikastlangan kishi umumiy ahvolining yomonligi-kasallik, qoq
suyak bo’lib oriqlash, mastlik, qon yo’qotish va hokazo) harorat, hatto noldan
yuqori 3-7°C bo’lganda ham sovuq urishi mumkin. Ko’pincha qo’l-oyoqning
distal bo’limlarini (tanadan uzoq bo’lgan qismi), quloq, burunni sovuq uradi.
Sovuq urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi,
bunda og’riq, so’ngra har qanday sezuvchanlik ham yo’qoladi. Bunday og’riq
sezmaslik past harorat ta'siri davom etayotganini bilintirmay qo’yadi, bu aksari
to’qimalarda tiklanmaydigan jiddiy o’zgarishlar ro’y berishiga sabab bo’ladi.
Og’ir-yengilligiga va chuqurligiga ko’ra sovuq olishning to’rt darajasi farq
qilinadi. Uning darajasini shikastlangan kishini isitishdan keyin, ba'zan bir necha
kun o’tgach aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |