Sovuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan
yuzaga chiqadi. Isitishdan so’ng shikastlangan kishining oqargan terisi to’q qizil-
ko’kimtir tusga kiradi, tezda to’qimalar shishib rivojlanib, sovuq urgan joy
atrofiga ham tarqaladi. Sovuq urgan sohada tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan
to’lgan pufakchalar hosil bo’ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin
tiklanadi, terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi
mumkin, biroq ayni vaqtda birmuncha og’riq bo’lishi qayd qilinadi.
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro’y beradi: tana
harorati ko’tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Ikkilamchi
infektsiya rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza
qatlamlari granulyatsiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda)
ko’chib tushadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko’kimtir, sezuvchanligi past
bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |