Pedagogika universiteti
Sovuq urishida birinchi yordam
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Sovuq urishida birinchi yordam. Birinchi yordam shikastlangan kishini
va ayniqsa tanasining sovuq urgan qismini zudlik bilan isitishdan iborat. Sovuq urgan bemorni imkon boricha issiq xonaga olib kirish kerak. Avvalo, tananing sovuq urgan qismini isitish, unda qon aylanishini tiklash lozim. Bunga sovuq urgan sohani spirtga ho’llangan toza qo’l bilan, ba'zan ancha vaqtgacha massaj qilish yo’li bilan erishiladi. Terida sezuvchanlik tiklanishi bilan ishqalashni to’xtatish mumkin. Tananing sovuq urgan qismlarini qor bilan ishqalash mumkin emas, chunki bu sovuq urishini kuchaytiradi, qor zarrachalari esa terini shikastlaydi, bu hol sovuq urgan sohaga infektsiya tushishiga imkon beradi. Terida shish va pufakchalar bo’lganda uni ishqalash va massaj qilish mumkin emas. Bunday hollarda issiq vannalar yordamida isitish lozim. Suv haroratini 20-30 minut ichida asta-sekin 20° dan 40°C gacha oshira borish mum- kin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kerak. 104 Vannadan va ishqalashdan so’ng shikastlangan sohani quritish (artish), steril bog’lam bog’lash va issiq qilib o’rab-chirmash kerak. Sovuq urgan sohalarga yog’ va malhamlar surtmaslik kerak, chunki bu keyinchalik ularni birlamchi tozalashni ancha qiyinlashtiradi. Shikastlangan kishini umuman isitish bo’yicha tadbirlar birinchi yordam ko’rsatishda katta ahamiyatga ega. Bemorlarga issiq kofe, choy, sut beriladi. Sovuq urgan kishini tibbiyot muassasasiga tez yetkazish ham birinchi yordam hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro’y beradi. Umumiy sovqotish va muzlash kuch-kuvvatini yo’qotib, yo’lda adashib qolgan, kasalliklardan tinka-madori qurigan yoki juda oriqlab ketgan kishilarda ro’y beradi. Ko’pincha qattiq mastlik holatida bo’lgan shaxslar muzlab qolishadi. Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik, uyquchanlik sezgisi paydo bo’ladi. Tana harorati bir necha gradusga pasayganda behushlik holati yuz beradi. Shunday holatda sovuq ta'sirining davom qilishi tezda nafas olish va qon aylanishining to’xtashiga olib keladi. Birinchi yordam. Shikastlangan kishini, avvalo, iliq xonaga olib kirish, so’ngra uni isitish chorasini ko’rish lozim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma'qul. Suv xona haroratida bo’lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin massaj qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan va oyoq-qo’llarning qotib qolishi yo’qolgandan keyin tiriltirish bo’yicha tadbirlar o’tkaziladi, sun'iy nafas oldiriladi, yurak massaj qilinadi. Be- mor o’zicha nafas ola boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so’ng uni karavotga olib yotqiziladi, issiq qilib o’rab qo’yiladi, issiq kofe, choy, sut beriladi. Oyoq-qo’llarning sovuq urganligidan darak beradigan alomatlar bo’lganda tegishli yordam ko’rsatiladi. Shikastlangan kishilarni albatta davolash muassasasiga olib borish kerak. Transportda olib borishda ularnipg qaytadan sovqotmasligi uchun hamma choralarni ko’rish shart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling