106
Elektrdan kuyishning oldini olish uchun elektr uskunalardan hech qachon suv
yaqinida foydalanmaslik, eskirgan elektr shnurlarni tashlab yuborish yoki
ta'mirlash, uyda kichkina bolalar bo`lsa, elektr rozetkalarni ulardan yaxshilab
ehtiyotlanganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Momaqaldiroq yaqinlashganda yashin urishidan saqlanish uchun bino
ichiga kirib olish, mashinaga o`tirib, oynalarini butunlay yopib qo`yish,
suzayotgan yoki qayiqdagi inson imkoni boricha tezroq qirg’oqqa chiqib olishga
harakat
qilishi,
shoshilinch
holatlardan
tashqari
vaqtda
telefondan
foydalanmaslik, telegraf yog’ochlariga yoki baland daraxtlarga yaqin bormaslik,
tepalik ustida bo`lmaslikka harakat qilish, jarlik va pastlikka yashirinishga
intilish, qishloq xo`jalik texnikasi hamda mototsikl, velosiped singari kichik
transport vositalariga yaqin bormaslik, metall to`siq, yuqori kuchlanishli liniya,
po`lat quvur va relslar yonida, shuningdek elektr o`tkazadigan boshqa narsalar
yaqinida turmaslik kerak
Do'stlaringiz bilan baham: