81
Organizmda o`ta sezuvchanlik (allergiya) paydo qilib, nafas yo`llarining
maxsus kasalligiga olib boruvchi omillar tashqi muhitdan tushishi (ekzogen)
yoki organizmning o`zida (endogen) hosil bo`lishi mumkin. Ekzogen allergenlar
yuqumli (bakteriya, virus, zamburug`lar) va yuqumsiz (uydagi chang, kitob
changi, ba'zi ovqat mahsulotlari, jun, teri, qush pati, har xil gullarning changi va
h.k.) bo`ladi.
Birinchi yordam: Bo`g`ilish xuruji boshlanganda esa bemor tez tibbiy
yordamga muhtojdir. Bunday paytda yuqorida ko`rsatilgan bronxlarni
kengaytiruvchi dorilarni aerozol sifatida ingalyatsiya qilish (nafas yo`llariga
purkash) zarur.
1. Bemorni o`tqazib, oyoqlariga issiq grelka yoki vanna qilish lozim.
2. Xurujdan keyingi davrda dimedrol va boshqa antigistamin dorilarni
davom ettirish zarur.
3. Bemorlarga bir necha haftadan to bir necha oylargacha intal, zaditen
ingalyatsiyalari kuniga 4 - 6 marta tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: