79
Isitma kuchaysa: teri qizib, qizarib, terlash, bosh og`rig`i, madorsizlik,
butun tanada og`rig`, tomir urishi va nafas olish tezlashishi, tortishish, koma
holati yuz berishi mumkin.
Yuqori haroratda birinchi yordam ko`rsatish:
1. Jabrlanuvchi qulay qilib yotqiziladi.
2. Ortiqcha kiyim va ustidagi ko`rpa olib qo`yiladi.
3. Bemorni xona haroratidagi suv bilan badani ishqalanadi (haddan tashqari
sovuq suv bo`lmaydi).
4. Issiqni tushiruvchi dori, masalan, analgin, aspirin beriladi.
5. Jabrlanuvchiga ichish uchun ko`proq suv yoki sharbat berish mumkin.
Oddiy simob termometr bilan haroratni o`lchash uchun termometrni spirt
bilan artiladi, so`ng termometrni silkitib, simob ustunini 35°C dan past tushirib
tavsiya etilgan joylardan o`lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: