Birinchi yordam: Yaradan qon ketish hollarida qorin sohasiga sovuq
suvda xo`llangan latta yoki muz bosish kerak va zudlik bilan kasalxonaga
yetkazish kerak. U yerda venaga 10%li kaltsiy xlor eritmasidan, mushaklari
orasiga vikasolning 1% li eritmasidan, askorbin kislotasining 5%li eritmasidan
yuboriladi. Bunday bemorga bir kun davomida ovqat bermaslik, keyinchalik esa
qat'iy parhezga o`tkazish lozim.
Jigar xuruji va buyrak sanchig’ida shoshilinch tibbiy yordam
Jigar xuruji kuzatilgan mahalda bemorga zudlik bilan kuchli og`riq
qoldiruvchi dorilar ketonal, ketoral berish kerak. Og`riq xurujini kamaytirish
maqsadida bemorga issiq vanna, jigar sohasiga issiq grelka buyurish ayni
muddao bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |