Xushdan ketish
Qon tomir faoliyatining o`tkir yetishmovchiligining eng yengil ko`rinishi
qisqa muddatli hushdan ketish sifatida namoyon bo`lib, bu narsa bosh miya qon
tomirlarining qisqa muddatga siqilishi (spazm) natijasida yuz beradigan
miyaning qonsizlanishi oqibatida rivojlanadi. Xushdan ketish qattiq jismoniy
charchoq, qo`rquvdan, qattiq og`riqdan, yotgan joydan keskin turib ketilganda
(ayniqsa, issiq joyda), to`satdan sodir bo`ladi.
Birinchi yordam: Xushdan ketgan bemorni darhol boshini pastroq,
oyoqlarini biroz ko`tarib yotqizish, qisib turgan kiyim tugmalarini yechib
yuborish va u yotgan xonani esa shamollatish lozim. Uning yuz va ko`kraklariga
biroz suv sepib betlarini yengilgina shapatilab qo`yish, novshadil yoki sirka
kislotasidan paxtaga xo`llab oz-ozdan hidlatish ham mumkin. Bemorning
hushidan ketishi uzoq davom etganda esa teri ostiga kofein yoki kordiamin
preparatlari yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |