Pedagogika universiteti
Zaharlanishni oldini olish
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Zaharlanishni oldini olish
Zaharlanish hollarini oldini olish uchun ayrim umumiy qoidalarga rioya qilinadi: Barcha dorilarni, xo`jalik vositalarini, zaharli o`simliklarni va boshqa havfli moddalarni bolalarning qo`li etmaydigan joyga yashirib qo`yish, qulflanadigan shkaflardan foydalanish, barcha xo`jalik va dori moddalarga havfli narsaga bo`lgandek munosabatda bo`lish. Dorini bolalarga berayotganda uni hech mahal konfet demaslik. Barcha mahsulotlarni tegishli nom ostidagi fabrika upakovkasida saqlash. Xo`jalik buyumlarini hech qachon oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklar idishlarida saqlamaslik. Zaharli moddalar uchun mahsus ramzlardan foydalanish va ular nimani bildirishini bolalarga tushuntirib qo`yish. Yaramaydigan yoki muddati o`tgan mahsulotlarni tashlab yuborish. havfli ximiyaviy moddalarni yaxshi shamollatiladigan xonada hamda faqat yo`riqnoma bo`yicha ishlatish. Kana ko`p bo`ladigan joylarda och rang kiyim kiyish, bu kiyimdagi mayda hasharotlarni hamda kanani darhol ko`rish imkonini beradi. Yengi uzun ko`ylak va uzun shim kiyish, shimning pochasini paypoq yoki botinka ichiga kirgizib qo`yish, ko`ylakni shim ichiga kirgizib kiyish kerak. O`rmon yoki dalada yurganda so`qmoq bo`ylab yurishga harakat qilish, butalar yoki baland o`tlarni chetlab o`tish kerak. Uyga qayggach tananing tukli qismiga (bo`yin orqasiga va boshdagi sochlarga) e'tibor berish. Xom qo`ziqorinning mazasini bilishga urinmaslik. Yetilib o`tgan, shilimshiqli, quruqshagan, qurt tushgan yoki buzilgan qo`ziqorinni ovqatga ishlatmaslik. 87 Bankadan olingan, botulizm kasalligi bilan og`rish havfi bo`lgan, uy sharoitida germetik qilib berkitilgan bankadagi qo`ziqorinni ovqatga ishlatmaslik lozim. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling