Qo`ziqorindan zaharlanganda huddi ovqatdan zaharlangandagi kabi
birinchi yordam ko`rsatiladi,
O`simliklardan zaharlanish.
Bu holat ko`pincha issiq kunlarda noma'lum o`simliklarni ziravor sifatida
ovqatga qo`shib yeydigan turistlar, hamda yozgi ta'tilda lagerga va dala-
hovlilarga ketadigan bolalar orasida uchraydi.
Ba'zan odamlar «bilag’onlar» maslahatiga ko`ra giyoh ekstraktlari va
qaynatmalarini ichib, o`zlarini davolamoqchi bo`lganlarida o`simlikdan qattiq
zaharlanish sodir bo`ladi. Ayrim zaharli o`simliklarga tegilsa, ular terini hamda
og’iz shilliq pardasini hattiq kuydirib, allergik reaktsiya keltirib chiqaradi.
Tabiatda beladonna, oddiy zirk, bangidevona, mingdevona, bagul’nik,
kanakunjut, bo`ri jo`ka mevasi, qarg’a ko`z mevasi, ituzum kabi zaharli
o`simliklar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |