Is gazi bilan zaharlanish belgilari va alomatlari
Bosh og’riqi, ko`ngil aynishi.
Nafas qisishi.
Miya chalg’ishi.
Teri olcha rangini oladi.
Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta'siri o`limga olib kelishi mumkin.
Is gazi bilan zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish
1. Jabrlanuvchini zaharlanish zonasidan toza havoga olib chiqish.
2. O`pka-yurak reanimatsiyasini o`tkazish lozim.
Hasharotlar zahridan zaharlanish
Ari va qovoqari chaqish orqali o`z zaharini teri ichiga yuboradi, bunda ari
ignasi jarohatlangan joyda qolishi mumkin. Chaqish va tishlash ancha og’riqli
bo`ladi, lekin kamdan-kam hollarda o`limga olib keladi. Biroq ayrim odamlarda
ular og’ir allergik reaktsiya beradi, ana shu reaktsiya anafilaktik shokni keltirib
chiqarishi mumkin.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |