Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DARSLARNI YANGI METODLAR USULIDA OLIB


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DARSLARNI YANGI METODLAR USULIDA OLIB 
BORISH
Nurtayeva Gulnoz Yusupovna 
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi
11-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘yinli texnologiyalardan 
foydalangan holda noan’anaviy dars o‘tish uslublari haqida yoritilgan.O‘yinli texnologiyalarga 
namunalar berilib, izohlangan.
Kalit so‘zlar: Metod, interfaol, uslub, dars, bola, mashq, yozuv, so‘z, gap, mavzu. Interfaol 
o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. 
Ular o‘quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa 
chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o‘stirish, 
til o‘rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mеxanizmlari shaxsning o‘zini 
namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini 
amalga oshirishning fundamеntal ehtiyojlariga tayanadi.
Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash 
mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.
Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.
So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy 
tarbiya beriladi.
Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti. 
O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat 
uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.
«beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida 
ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini 
shakllantirish;
- o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish 
vazifasini topshirish;
- o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash 
maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari 
hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy 
mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. 
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
- o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy 
tushunchalar tizimini yaratadi;
- o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va 
daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
- o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta 
o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.
1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi 
mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy 
natija beradi. bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, 
fikr) beriladi. O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. 


186
10
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf mashg‘ulotlarini integratsiyalash jarayonida didaktik o‘yin 
texnologiyasidan foydalanish yuqori samara berishi aniq. Ta’lim –tarbiya jarayonini integratsiyalash 
te’nologiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim 
va tahsil olishga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, bilish faoliyatini oshiradi, ta’lim-tarbiya jarayoninig 
yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.
Adabiyotlar:
1. N.S.Saydaxmetov. Pedagogik texnologiya taxlil, ta’rif, mulohaza. «Ma’rifat» gazetasi
1998 yil, 24-iyun.
2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Qarshi, «Nasaf», 2000 y.
3. Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари. - Т.: “Ўқитувчи” 2004.


187

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling