Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
INNOVATSION PEDAGOGIK LOYIHA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
INNOVATSION PEDAGOGIK LOYIHA Nizamova Iroda Ilhomiddinovna Toshkent viloyati Zangiota tumani 44-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchis Telefon: +998998817514 Annotatsiya: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarning dars jarayonidagi tadbiqi. Kalit so‘zlar: Innovatsion pedagogik loyiha, ilg‘or pedagogik. Maqsad: *O‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish; *bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish; O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini, bugungi kunda eng zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqat madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatini tashkil etish kabi ko‘nikmalarini shakllantirish; * Ta’lim vositalari-o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshirish; * boshlang‘ich ta’limning sifat samaradorligini oshirish; * Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli, o‘z o‘rnida foydalanish; * Fanlararo bog‘lanish, ingliz tilidagi so‘zlarni eslab qolish, o‘quvchilar so‘z boyligini texnologiyalar bilan oshirish, ularni erkin fikrlashga o‘rgatish; * didaktik o‘yinlar orqali darsga qiziqtirish; Vazifa: * Ta’limning texnik vositalari –o‘quv materialini ko‘rgazmali namoish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi, o‘quvchilarga o‘quv materiallarini tushunishga va yaxshi eslab qolishga imkon beradi. * DTS talablarining bajarilishi,darslarni ilg‘or pedagogic texnologiyalar,didaktik o‘yinlar interfaol usullar bilan boyitib, o‘quvchilar faolligini oshirish. * “O‘quvchini o‘qitmang, o‘qishga o‘rgating, bilim bermang, olishni o‘rgating” shiorini amalda qo‘llashva natijalarga erishish. Amalga oshiriladigan ishlar: * O‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirish uchun “Oltin baliq” tanlovini o‘tkazishni o‘quvchlarga taklif qilgan holda ularni ertak va badiiy kitoblarga qiziqishini ottirish uchun amalda ham shu tanlovda har bir o‘quvchini ishtirokini ta’minlanishi uchun “Oltin baliq” rasmi tushirilgan banner tayyorlab bu bannerdagi har bir baliq o‘quvchilar soniga teng holda bo‘lib, har bir o‘quvchi uchun alohida baliqlarga ism va sharifi yozilgan,har bir o‘qilgan kitob uchun bittadan “Oltin tangachalar” yopishtirib boriladi. bu jarayon yil davomida olib borilib “Oltin baliq” to‘laligicha tangachalar bilan qoplangandan so‘ng g‘oliblar aniqlanib rag‘batlantirish maqsadida ularga oltin toj kiydiriladi. 179 10 * Dars jarayonini yanada qiziqarli tashkil etish va o‘quvchilarga “Dars muqaddas” shiorini singdirish maqsadida “Charxpalak” ko‘rgazmasi tayyorlandi va dars jarayonida bu ko‘rgazmadan unumli foydalaniladi.O‘quvchilar darsning har bir bo‘limida qanday metodlardan foydalanishini bilish uchun juda qiziqadilar va o‘qituvchining charxpalakni aylantirib yana qanday qiziqarli o‘yinlar bilan darsni davom ettirishini bilib olishadilar. * Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni dars jarayonida yanada faollashtirish maqsadida “Chaqiruv signali” ko‘rgazmasi tayyorlandi to‘garak va darslarda o‘quvchilarni faollashtirish uchun ishlatiladi.O‘quvchilar dars jarayonida tayyor bo‘lgan javoblar uchun qo‘l ko‘tarmasdan chaqiruv signalidan foydalanib javoblar tayyorligini bildiradi.O‘quvchilarni darslarga yanada faol va qiziqqonligini oshirish uchun qo‘llaniladigan bu signal o‘quvchilarni tezkorlikka,intiluvchanlikka,diqqat e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. * O‘quvchilarni bir xillikdan zerikib qolishlarini inobatga olib ularga har xil qiziqarli o‘yinlar va metodlar orqali darsni tushuntirish va dars jarayonida berilayotgan savollarni og‘zaki beribgina qolmay ularni yanada faollashtirish uchun “Aylanma baraban”maketi yasalib o‘quvchilar o‘zlariga tegishli savollarni o‘zlari tanlab olishlari mumkin.Og‘zaki berilgan savol o‘quvchini qiziqtirmasligi,diqqatini jamlamasligi mumkin lekin aylanma barabanni aylantirib undan tanlab olingan savol o‘quvchini darsga bo‘lgan qiziqishini albatta oshirib uni savolga javob topishga ko‘proq undaydi. * To‘garaklarga o‘quvchilarni jalb qilish uchun har xil mashg‘ulot uchun zarur ko‘rgazmalar ko‘rsatiladi.O‘quvchilar uchun eng muhim vaqt tushunchasini o‘rgatish uchun soat maketi yasaldi. To‘garak mashg‘ulot jarayonida har bir o‘quvchi o‘zi vaqtni belgilab o‘rganishdi va soat millari nimalarni bildirishni bilib oldilar. Samaradorlik: * Zamonaviy pedogogik texnologiya raqobat sharoitlarida mavjud bo‘ladi va shu bois natijalar bo‘yicha samarali va harakat bo‘yicha eng optimal bo‘lishi zarur,aniq ta’lim standartiga erishishni kafolatlashi kerak. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling