Mavzu:
So’z tarkibi mavzusi yuzasidan mustahkamlash mashqlari.
takrorlash , o’quvchilar bilimini sinash , ijodkorlikka
undash.
Dars turi : Mustahkamlash .
Dars usuli : Noan’anaviy .
Darsning jihozi : Yozuv taxtasi , tarqatmalar , turli rasmlar .
R E J A :
1). O’zbek tili bo’limlariga tavsif berish .
2). Grammatik terminlar payrovi .
3) .Grammatik topishmoqlar ustida ishlash .
4).Tarqatmali testlarni bajarish .
5). Darsni yakunlash.
6). Uyga vazifa .
Darsning borishi : 1) . Tashkiliy qism :
davomatni aniqlash ;
o’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rash ;
2) Yangi mavzu bayoni .
Darsga kirgach , o’quvchilar bilan salomlashiladi va davomat aniqlanadi . O’quvchilardan darsga tayyorgarliklarini so’raladi va 5 daqiqalik suhbat o’tkaziladi .
O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
O’zbek tilining asoschisi kim va uning qaysi asarini bilasiz?
O’zbekiston madhiyasini kim yozgan va unga kim musiqa bastalagan ?
Savol-javob tugagach , o’quvchilar diqqatini yozuv taxtasidagi yangi mavzuga qarataman. Shundan so’ng o’quvchilardan besh juftlikni ya’ni 10 nafar o’quvchini musobaqaga taklif etaman . Sinfdagi qolgan o’quvchilar ularning chiqishlarini kuzatib o’tirishadi , Musobaqadagi o’quvchilarning ziyrakligini olqishlab ko’p qarsak chalinsa , u g’olib hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |