Ma’naviy-axloqiy tarbiyada o‘zbek xalq qo‘shiqlari va qarsak aytimlaridan foydalanish
Download 120 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaqola A.Soliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliev Abdusalom Raximovich. Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Xalq ijodiyotini rivojlanishida “Ma’naviy-axloqiy tarbiyada o‘zbek xalq qo‘shiqlari va qarsak aytimlaridan foydalanish” Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘lim talabasi Nurmatova Nargizaxon. Ilmiy rahbar Sirtqi bo‘lim ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi musiqa ta’limi o‘qituvchisi Soliev Abdusalom Raximovich. Annotatsiya. Ushbu maqola xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, e’tiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan his-tuyg‘ulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon xaqidagi o‘y-fikrlari o‘z ifodasini topgan. Аннотация. В статье речь идет об образе жизни людей, общественной и бытовой жизни, трудовой деятельности, взглядах на природу и общество, верованиях и религиозных представлениях, чувствах к людям и миру, художественном мире, уровне знаний, счастливом и справедливом времени на примерах народного творчества. мысли выражаются. Annotation. The article deals with the way of life of people, social and everyday life, labor activity, views on nature and society, beliefs and religious beliefs, feelings for people and the world, the artistic world, the level of knowledge, a happy and fair time on the examples of folk art. thoughts are expressed. Kalit so‘zlar. An’ana, moddiy, havaskorlik, og‘zaki, teatr, kasbiy, jonli, daraja, dor, yog‘och, tomosha, o‘yin, raqs, qo‘g‘irchoqbozlik, ijtimoiy, xalq. Ключевые слова. Традиционный, материальный, любительский, устный, театральный, профессиональный, живой, дипломный, виселичный, деревянный, зрелищный, игровой, танцевальный, кукольный, социальный, народный. Keywords. Traditional, material, amateur, oral, theatrical, professional, live, diploma, gallows, wooden, spectacular, game, dance, puppet, social, folk.
Shu fikrga tayangan holda aytish mumkinki, bola shaxsini ma’naviy-axloqiy shaknlantirish bevosita musiqa, uning zng sharqona janri bo‘lgan xalq qo‘shiqlari orqali muvoffaqiyatli amalga oshiriladi. Ma’naviy-axolqiy me’yorlarni bolalarga singdirish uchun, eng avvalo, ularni ma’naviy-axloqiy tushunchalar bilan tanishtirish lozim bo‘ladi. Mutaxasislar fikriga tayanib, ma’naviy-axloqiy tushunchalarni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) ma’naviy-axloqiy tushunchalarni bayon qilish; 2) ma’naviy-axloqiy fikr yuritish; 3) ma’naviy -axloqiy xulosalar chiqarish. Ma’naviy-axloqiy me’yorlar sahiylik, oqko‘ngillilik, yaxshilik, hurmat, xayrixohlik, ma’suliyatlilik, mehnatsevarlik kabi atamalarning mazmunini bilib olish, o‘z faoliyatida unga amal kilishni anglatadi, Rus yozuvchisi N.A.Dobrolyubovning yozishicha, ko‘pchilik odamlar yaxshi va yomon ishlarga qo‘l urishining asl sababi - by ularning axloqiy me’yorlarning mohiyatini aniq tasavvur qila olmaganliklaridadir. Ma’naviy-axloqiy tushunchalarning mohiyatini aniq his qilish uchun u yoki bu holatda barcha unga amal qilishi hamda uning natijasi qanday yakun topganligini sinchkovlik bilan kuzatib, fikr yuritishi va o‘zining shaxsiy xulosasini chiqarib olishi lozim. Ma’naviy-axloqiy me’yorlarni ta’lim jarayonida chuqur o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa, musiqa ta’limi katta imkoniyatlarga ega. Ma’navyy-axloqiy me’yorlar ko‘p bor sinovdan o‘tkazilgandagina barqarorlik kasb etadi va u kishining haqiqiy tayanchi sifatida uning hayotiy xatti-harakatlariga turtki beradi. Uning qay holatda qanday ish tutish kerakligini aniq ko‘rsatadi. Xalq qo‘shiqlarida berilgan fikrlar va ohanglarda qaror topgan da’vatlar, nasihatlar, ko‘rsatmalar uning asrlar davomida orttirgan tajribasi natijasida qayta tekshirilib, sayqal topib kelgan hayotiy xulosalari mahsulidir. Xalqning har bir aytgan gapi «o‘q» va uni o‘qib olmagan kishi hayotda pand eyishi tabiiydir. Ma’navyy-axloqiy tushunchalarni bilib olish, kundalik turmushda sodir bo‘ladigan turli voqealar va psixologik holatlarga taqqoslab ko‘rish natijasida mukammal shakllangan odatlar, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazgan davri davomida sinf, maktab jamoasi, oila, mahallada o‘z o‘rnini topa olishida musiqa ta’limi alohida o‘rin tutadi. Aniq mazmun asosida o‘tkaziladigan musiqa darslari, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va umumiy tarzdagi musiqiy muhit bolalarning ma’naviyatini shakllantirish uchun ham muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa darslarining haqiqiy ta’lim-tarbiya vositasiga aylanishida o‘qituvchisining bilimi, iqtidori, jonkuyarligi targ‘ibotchiligi, mehribonligi, maslahatgo‘yligi etakchi ahamiyatga ega. Musiqaning buyuk qudrati shundaki, u bolaning ichki dunyosiga kirib, hissiyotlarini junbushga keltira oladi. Psixolog olimlarning ta’kidlashicha, musiqa inson bosh miyasining yarim sharlaridagi asab to‘rlarining eng yirik, eng nozik, boshqa hech qanday vosita ta’sir etolmaydigan qatlamiga ham_kirib bora oladi. Bu qatlamlarda insonning juda katta quvvati zaxiralari saqlanadi va yaxshi musiqa aynan shu aqliy quvvat, hissiyot zahiralarini harakatga keltira oladi. Psixolog olim I.A.Vartanyan inson o‘zi uchun yaratgan ne’matlar ichida musiqaning alohida o‘rin tutishini quyidagicha izohlaydi: «...inson o‘zi uchun yana bir boshqa tovush tilini, ya’ni musiqani-emotsiya, hissiyot, kayfiyat, musiqa san’atini yaratdi». Musiqa san’atining o‘ziga xos shunday qudrati borki, bu boshqa hech qanday predmet yoki san’at turlarida mavjud emas, Bu insonga kuchli ta’sir eta oluvchi «qurollar» zahirasida musiqa san’atining o‘ziga xos kasbiy xususiyatlari, vositalar «arsenal»ida tovush tembri, ya’ni bo‘yog‘i, tovushlar baland-pastligi, ritm (usul) xilma-xilligi, garmoniya tuzilishlari, interval va akkordlar tuzilishidagi rang-baranglik, dinamik tus va boshqalar insonni his-hayajonga soladigan, uning tuyg‘ulari olamida mo‘‘jizalar yaratadigan beqiyos ta’sir vositasidir. Bola shaxsining shakllanishi va kamol topishida musiqaning, ayniqsa xalqning yurak dardlari, quvonch shodliklari, g‘am-alamlari, orzu-umidlarining silsilasidan yaralgan xalq qo‘shiqlarining tutgan o‘rni beqiyosdir. Xalq qo‘shiqlari o‘zbek xalqining avloddan-avlodga o‘tib qon-qoniga singib ketgan san’at turidir va shuning uchun ham xalq ohanglari, nola-qochirimlari va boshqa milliy bezaklarini tinglagan odam unga befarq bo‘la olmaydi. bevosita unga ergashadi, qo‘shilishib kuylaydi, raqsga tushadi, ya’ni musiqa uni o‘zining sehrli olamiga etaklab ketadi. Xalq qo‘shiqlari faqat estetik joziba olami bo‘libgina qolmay o‘ziga xos katta bir ta’lim-tarbiya quroli hamdir. Chunki, inson his-hayajonining zamirida ma’naviy-axloqiy tushunchalar, hislar, xulosalar ham yotadi. Mashhur rus pedagog olim V.A.Suxomlinskiy ta’biri bilan aytganda: «hissiyot-ma’naviy maslakning qoni, tani va yuragi, ruhning kat’iyligi va kuchidir, hissiyotsiz axloqiylik ikkiyuzlamachilarni tarbiyalovchi quruq, nursiz so‘zga aylanadi». Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirish jarayonida bolalarning yangidan yangi ma’naviy ehtiyojlari paydo bo‘ladi. Shu ehtiyojlarni qondirishga harakat qilish esa bolada o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga intilish, izlanishni qaror toptiradi. Bu harakat bolaning bolalik davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Pedagog olimlarning fikrlariga. tayangan holda aytish mumkinki, xalq qo‘shiqlari vositasida bolalarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish to‘rt asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin: 1.O‘z ona Vatani va xalqiga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi. 2.Bolalarning mehnat, kishilar va ular tomonidan yaratilgan ne’matlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, . 3.Bolaning jamiyat a’zolari, qarindoshlari va uni o‘rab turgan tengdoshlariga bo‘lgan munosabati. 4.Uning shaxs sifatida o‘z-o‘ziga nisbatan qarashlarini qaror toptiradi. O‘zbek xalqi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, milliy-ma’naviyatimizning haqiqiy egasiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya oldida turgan asosiy maqsadlardan biri - yosh avlodga ajdodlarimizning asrlar davomida orttirilgan ma’naviy boyliklarini singdirish, ularda insoniy fazilatlarni qaror toptirish va muntazam rivojlantirib borish, Vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyagini his etishga o‘rgatishdan iboratdir. Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni bolalarning Vatanga, mehnatga, insonlarga bo‘lgan muhabbati kabi, serqirra manbalari unda ma’naviy ehtiyoj va qiziqish uyg‘otishda, ma’naviy faoliyat va qadriyatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, ma’naviy-axloqiy manbalar bolada ma’naviy fazilatning tarkibiy qismlarini shakllantirish vositasidir. Bolalarning ma’naviy fazilatlari ularning aqliy, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik, estetik, badiiy, diniy madaniyat kabi ko‘pqirrali tarkibiy qismlaridan iborat. Musika ta’limi jarayonida ma’naviy fazilatning tarkibii qismlari bola ongiga o‘zaro birlik va aloqadorlikda singdiriladi. Xalq qo‘shiqlari vositasida bolalarda insonparvarlik, sadoqat, qanoat, mehr-muhabbat, adolatparvarlik, nafosat, e’tiqod, mehnatga ijobiy munosabat, din va bid’atni bir-biridan farqlash, tabiatga muhabbat, burch va xuquqni anglash kabi yuksak ma’naviy fazilatlar shakllanib boradi. O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, qadim zamonlarda milliy sport, harakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Jumladan, «Navro‘z bayrami», «Hosil bayramlari», «Ramazon hayiti», «Qurbon hayit» va boshqa bayramlarda uloq chopish, kurash. ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil ochishlar o‘tkazilgan. Shuni ta’kidlash joizki, uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, umuman O‘zbekiston xalqi avloddan - avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvoffaq bo‘ldi. Jumladan musiqiy madaniyatimiz va san’atimizni ajdodlarimiz asrlar mobaynida yaratgan musiqa merosini o‘rganish bizlarning vazifamizdir. Folklor amaliyotimizda alla, lapar, yalla kabi qadimiy o‘tmishdan bugungi kungacha saqlanib etib kelgan janrlar bilan birga «Qarsak» janri ham alohida ahamiyatga egadir. Qarsaklar nafaqat o‘zbek aytimlari balki, ko‘pgina boshqa xalqlar me’rosi bo‘lmish musiqiy aytimlar, tomoshalar va raqsli aytimlarda keng miqyosda qo‘llanilib, jo‘r bo‘lib kelingan. Teatrlashtirilgan «Masxarao‘yinlar» yoki pantomima ko‘rinishidagi «Ot o‘yin», «Ayiq o‘yin»lari shular jumlasidandir. Ularda naqoratlar ham mavjud bo‘lib, «naqoratchilar» o‘rtadagi o‘yinchiga turli ritmik ko‘rinishlarda qarsak chalib jo‘r bo‘lishadi. Jumladan, Samarqand viloyatining Bulungur, Jomboy, Urgut tumanlarida shunday o‘yinlar borligi va hozirga qadar sayillar va «Navro‘z» bayramlarida ushbu o‘yinlar ijro etilib kelayotganligi so‘zimiz dalilidir. O‘yin, albatta, qarsak jo‘rligida boshqarilib boriladi. O‘yinlar asta-sekin qizib borgan jarayonda ijrochi qarsakchilar bir-biriga yakka qarsak, uch qarsak, besh qarsak, etti va xattoki to‘qqiz qarsak o‘yinlari orqali ulanib ketadi va ritmik jihatdan xilma-xil o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Yallachi va laparchilar tomoshabinlarning e’tiborini o‘ziga qaratish uchun aytiladigan baytning o‘ynoqi, satirik va yumoristik tomonlariga e’tibor beradilar. «Qarsak» janri aytimlari o‘zining ijro etilishi bo‘yicha deyarli yalla janri bilan bir xildir. Download 120 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling