Ma’naviy-axloqiy tarbiyada o‘zbek xalq qo‘shiqlari va qarsak aytimlaridan foydalanish


Download 120 Kb.
bet2/2
Sana08.11.2023
Hajmi120 Kb.
#1755330
1   2
Bog'liq
maqola A.Soliyev

Beshqarsak. Beshqarsak qarsak - erkaklar davra o‘yin qo‘shig‘i. O‘zbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan. Sa­marqand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, ayniqsa mashhur. Beshqarsakda qarsak hamda qiyqiriq ovozlar yordamida o‘yin usuli hosil qilinadi. Ba’zi, tahminlarga ko‘ra, kelib chiqishi zardushtiylik marosimlariga borib taqaladi. Navbat bilan turkum tarzida ijro etiladigan o‘yin va terma «yak qars», «qo‘shqars», «besh qars»lardan iborat. Beshqarsak o‘yini yaqin o‘tmishda qishloq joylar-dagi to‘y va sayillarda soatlar davom etardi. Hozir, asosan, folklor-etnografik va havaskor ansambllar, masalan, Urgutdagi “Beshqarsak ” ansambli dasturidan o‘rin olgan.
Ba’zi bir tadqiqotchilar «Beshqarsak» yoki «Qarsak o‘yin»larini turkumli asarlar guruhiga ham kiritishadiki, uning kichik isboti undagi tarkibiy qismlarning nomlanishida o‘z aksini topgan. Masalan: Besh qars, uch qars, qo‘sh qars, yak qars, etti qars va xokazo. Qarsaklarning har biri turli mazmun va ijro xususiyatlariga egadir. Shunday bo‘lsa-da, ulardagi qarsaklarning soni ushbu janrning nomiga to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin. Shunga qaramay besh qarsakning ritmik negizlari aytimdagi turli xil hayqiriqlar bilan mos keladi. SHular vositasida har bir tarkibiy qismga xos ritmlar beriladi. Ko‘pchilik tomonidan «ha-ha-ha» kichkirigi bilan birga ijro etiladigan qarsakning ritmik tuzilmasi “Beshqarsak” turkumining har bir qismida turlichadir. Ayrim aytimlar­da naqoratlar umuman bo‘lmasdan bunday hollarda yakkaxon aytuvchi so‘zlardan keyin keladigan oxirgi so‘zlar bir necha ashulachi tomonidan unison holida ijro etiladi. Yana shunday ijro turlari mavjudki, unda yakkaxon naqoratlarni ham o‘zi aytib, qolgan ijrochilar umumiy naqorat, masalan, «chipra dalli-dalli» «yor-yor-yorone-e» «ho lallo» va xokazolarni birgalikda aytishadi.
Samarqand-Buxoro kabi xududlarda ushbu umumiy naqoratlarga «oh guli bog‘iman biyo» tarzidagi so‘zlar qo‘shilib, keyingi bandlar yana o‘zbek tilida kuylanadi. Bu esa ushbu aytimlarning tojik xalqlarida ham tarqalganligidan nishonadir. «Beshqarsak» odatda erkaklar, ko‘pincha o‘spirin yigitlar tomonidan ijro etilganligi tufayli raqs o‘yinlarida kuzatiladigan ijrochilik uslubi ham ma’lum tuyg‘ularning erkakcha raqsli xarakatlar vositasida ifodalanishi bilan bog‘liq xususiyatlarga egadir. Ko‘p hollarda yigitlar aylana shaklida terilib, biror ritmik usulda qarsak chaladilar.
Urgut tumanida qarsak aytimlarini ijro etuvchi alohida «Beshqarsak» ansam­bli tuzilgan bo‘lsada, hozirda qarsak aytimlari, asosan, folklor etnografik ansambllar, havaskorlik to‘garaklaridagina ijro etilmoqda. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan folk­lor namunalari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, keyingi yillarda o‘zbek milliy musiqa an’analariga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlarning tiklanishi jarayonlari davom etmoqda. Ularni o‘rganish, o‘zlashtirish, yanada ravnaq toptirishga qaratilgan bir qator e’tiborli ishlar amalga oshirilmoqda, Respublikamiz miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ko‘rik tanlovlar xalq orasidagi milliy janrlarning yoshlar manaviyatiga ijobiy ta’sirini yana bir pog‘onaga kutarsa ajabmas, Zero, bu nodir xazinalarni yoshlar ongiga singdirilishi avlodlar va qadriyatlar vorisiyligi, an’analar umrboqiyligi, musikamiz istiqboli, ravnaqi kelajagini ta’minlash bilan tengdir.


Adabiyotlar
1.R.Abdullaev. O‘zbek mumtoz musiqasi. Toshkent. Yangi nashr. 2008. yil
2.F.Karomatov. O‘zbek xalk musiqa merosi. 2-tom. Toshkent. 1983 yil
3.U.Toshmatov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent. 2006 yil.
4.M.Juraev. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. Toshkent. Fan 2010 yil.
5.R.Nosirov. Xalq qo‘shiqlri kompozitsiyasi. Toshkent. Fan. 2006 yil.
6.N.Ortiqmatov. Qo‘shiqlarda takrorlarning tiplari. O‘TA. 2008 yil.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling