Reja: O'quvchilarni fizika faniga qiziqtirish metodikasi


Download 10.16 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi10.16 Kb.
#1020503
Bog'liq
UMUMIY O\'RTA TA-WPS Office


UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNI FIZIKA FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI

Reja:


  1. O'quvchilarni fizika faniga qiziqtirish metodikasi

  2. Bolalarga ko'proq amaliy tajribalar orqali fizikani o'rgatish

  3. Fizikaning hayotga bo'lgan tatbiqlarini o'quvchilarga o'rgatish va singdirish

Gap ta'lim haqida ketganda yurtimiz kelajagi ko'z o'ngimizga keladi albatta. Malakali ilmga ega bo'lgan yoshlarni yetishtirish bu oson narsa emas albatta. Demak bu maqsad yoshlar bilan ko'proq shug'ullanishni talab etadi. Ilk maqsad qo'yish, ilk hayotga o'z qarashlari bilan boqish maktab tomon bosilgan ilk qadamdan boshlanadi. Ularga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish o'qituvchi va murabbiylar qo'lida. Ammo bu vazifani faqat o'qituvchiga tashlab qo'yish yaramaydi, demak ota-ona ham mas'uldir, ya'ni uydagi sharoit, xol-ahvol ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Endigina maktab ostonasidan qadam bosgan bolaga hamma narsa qiziq tuyiladi, har bir tabiat hodisalariga o'zgacha hayrat bilan boqadi. Uni qiziqtirib borish va bolani urishmasdan hamma savollariga to'g'ri va bosiqlik bilan javob berish kerak. Shunda u yana savol beradi va tushunmagan narsalarini o'rganishga harakat qilaveradi.


Asta-sekin ulg'aygan bola o'zida boshqa bilimlar alohida ya'ni ko'proq shakllanayotganini his qiladi yoki atrofidagi insonlar yo'nalish berishadi va biror bir fanga ko'proq mehr bilan yondashuvni sezadi. O'qituvchi bir vaqtning o'zida ham psixolog bo'lishi ham kerak, chunki o'quvchidagi qiziqishlarni o'rganib borishi zarur.
Hozirgi kunda maktabga darsga borsak va o'quvchidan qaysi fanga ko'proq qiziqasan deb so'ralsa fizika deyishmaydi albatta. Nega???
Buni sabablaridan biri fizika fani boshqa fanlarga nisbatan ozroq qiyin. Chunki fizikani bilish matematika(algebra, geometriya), kimyo kabi fanlarni bilishni talab etadi. Chunki ushbu fanlarni yaxshiroq bilgan o'quvchi fizikani o'rganishda qiynalmaydi va masalalarni qiyinchiliksiz yecha oladi. Lekin negadir fizika deyishsa qiyin fanku, nima qilasan va shunga o'xshash gaplarni eshitamiz. Agar tubiga yetib tushunib olsangiz fizika judayam qiziq fan. Axir tabiatni, undagi hodisalarni, hayotimizda uchraydigan jismlar holatlarini o'rganamiz. Buning nimasi qiziq emas yoki qiyin? Shunchaki sabr, kuchli iroda, fikrni jamlash va ko'proq o'z ustida ishlash talab etiladi xolos. To'g'ri boshida qiyin, ammo tugashi rohat. Aslida bilimning chek-chegarasi yo'q. Qancha o'qiganimiz va bilganimiz sari shunchalar bilimsiz ekanligimizni his qilamiz.
Nazariy ma'lumotlar o'qisa miya rivojlanadi, masalalar ishlashda xotira mustahkamlanadi. Ana endi laboratoriya ishlariga e'tibor beramiz. O'quvchiga ko'proq laboratoriya mashg'ulotlarini, tajribalarni ko'rsatish ularda yanada qiziqish uyg'otadi. Ko'proq darsga oid tajribalarni qilib ko'rsatish va uyga mustaqil ravishda qandaydir jihoz yasab kelishni buyurish ham bo'sh vaqtni egallaydi va bekorchi narsalar bilan shug'ullanishni oldini oladi. 7-8- sinf o'quvchilari bilan savol- javob qilganda ularni rag'batlantirish yanada qiziqish uyg'otadi. "Sen qila olmaysan " gapi o'rniga " Sen hammadan zo'r bo'lasan, albatta qila olasan" kabi gaplar bilan ruhlantirish kerak. Ko'proq o'zaro va guruh bo'lib ishlash, musobaqalar o'tkazib turish ham qiziqishni orttiradi.
Hamma narsa insonning ruhiyatiga bog'liq. Inson psixologiyasi qanchalik kuchli bo'lsa u hamma narsani qila oladi. Ruhiyat shu darajada kuchli va dadil bo'lishi kerakki, hech kim sindira olmasligi kerak. Inson shu qadar kuchli bo'lishi kerakki, ozi qattiq ishonishi kerak. Buning uchun unga 10 ta muhim kitob yetarli. Ammo ushbu 10 ta kitobning muhimligini bilish uchun yuzlab kitob o'qish kerak.
O'quvchilarga fizika fanining tabiat hodisalari bilan bog'liqligini anglatish fizikani o'rganishga undaydi. Ularni turli ekskursiyalarga olib chiqish, tabiat qo'ynida dars o'tish ham zarur deb o'ylayman. Ular ishtirokidagi turli o'yinlar ham hodisalarni tushuntirib berishga as qotadi. Misol uchun tezliklarni hisoblash, butun olam tortishish qonuni, molekulalar harakati kabi jarayonlarni ular ishtirokida chiroyli qilib tasvirlash orqali o'rgatish ham mumkin.
Download 10.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling