Javob : Sifat .
o’quvchi : Ma’nosida bor sanash ,
O’lchash hamda raqamlash .
Javob : Son .
5-o’quvchi : Otu sifat , sonlarga ,
Ham otlashgan so’zlarga .
Har doim o’rinbosar ,
Otlar kabi turlanar .
Javob : Olmosh .
G’olib juftliklarni rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantiriladi .
Shundan so’ng , sinfdagi qolgan o’quvchilarga test kartochkalari tarqatiladi .( testlar ilovada ).
Musobaqalarda faol ishtirok etgan o’quvchilarni ball sistemasida baholab , har biriga shartli belgilar , ya’ni :
__ 3 ball . __ 2 ball . __ 1 ball bilan taqdirlanadi .
Ballar kundalik daftar va sinf jurnaliga teriladi . Testlarni bajarishda ham ana shu shakllardan foydalaniladi .
Mustahkamlash .
Demak , so’z tarkibini o’zak va qo’shimchlalar tashkil etadi .
Gap bo’laklari bosh bo’ak va ikkinchi darajali bo’aklar . Bosh bo’laklar : ega va kesim .
Ikkinchi darajali bo’laklar : aniqlovchi , to’ldiruvchi , hol .
Kengayuvchi va kengaytiruvchi so’zlar birgalikda so’z birikmalarini tashkil etadi . So’z birikmalaridagi kengaytiruvchi so’z tobe so’z, kengayuvchi so’z hokim so’z . Ot , sifat , son , olmosh , fe’l , ravish mustaqil so’zlardir . Biror so’roqqa javob bo’lib , gapda ega, kesim, hol , to’ldiruvchi , aniqlovchi bo’lib keladi .
Uyga vazifa : Mustaqil so’zlarning har biriga bittadan misol topib ,
yozib kelish , mavzularni takrorlash .
Do'stlaringiz bilan baham: |