Darsning maqsadi : Ona tili faniga qiziqtirish,o’tilgan mavzularni
Payrovni 1-juftlik boshlaydi. Qiz bolalar
Download 53 Kb.
|
So’z tarkibi mavzusi yuzasidan mustahkamlas
- Bu sahifa navigatsiya:
- tobe so’z
- , o’zakmiz
- urg’umisiz
- “ Ot “
- “ Kulcha juda mazali . Sedonali , jizzali “
- Javob
Payrovni 1-juftlik boshlaydi.
Qiz bolalar : __ Gulmisiz , jambulmisiz , rayhonmisiz ? __ Aytganingizman . __ Ikkinchi sentabr kuni hammamiz quvondik . Oltinchi sinf bo’ldik . “Boshlandi “ , _ dedim men . “ O’qish boshlandi “ , _dedingiz siz . Hayron bo’ldim , dugonajon . So’z birikmasidagi tobe so’zmisiz ? __ Hayron bo’lmang. Gulmisiz , jambulmisiz , rayhonmisiz ? __ Aytganingizman . Agar men tobe so’z bo’lmasam , birga o’rtoq bo’lmas ham edik . Hokim so’z bo’ganingiz bilan bir o’zingizning qo’lingizdan hech narsa kelmas edi . 2-juftlik . O’g’il bolalar . __ Gulmisiz , jambulmisiz , rayhonmisiz ? __ Aytganingizman . __ Qizlar , ko’p tortishmanglar . Biz ham bormiz . Bizni ajratib qo’ymanglar . Biz ham bo’linmaydigan qismmiz , o’zakmiz . Otabek, siz o’zakmisiz ? Biz qo’shimchalar bo’lmasak , sizning o’zakligingizni kim biladi ? __ Qo’shimchamisiz ? Qanday qo’shimchasiz ? So’z yasovchimisiz yo shakl yasaysizmi ? Jurnaldagi “ Nol “ ballar sonini ko’paytirib yubormang. Shakl hosil qilaman deb . __ Gulmisiz , jambulmisiz , rayhonmisiz ? __ Aytganingizman . __ Qayda bo’lmasin bog’inning unli tovushiga tushib olasiz , nima , o’zbek tilidagi urg’umisiz ? Qizlar : Islomjon , sizlar ham gapni rosa qiyar ekansizlar , bu tomonda biz ham bormiz , so’z turkumimiz . 3- juftlik . Qizlar : __ Gulmisiz , jambulmisiz , rayhonmisiz ? __ Aytganingizman . __ Setora , sizga nima bo’ldi ? __ Nima bo’libdi ? __ Setora desam , men “Alpomish “ dostonidagi Barchinoyman deysiz-u, qilgan ishingizni qarang . __ Nima qilibman ? __ Ukangizni buzilib ketgan eski velosipedini minib olibsiz . “ Bu nima? “ desam , “ Ot “ deb aytdingiz . __ Ha , endi “ Ot “ deb adashgan bo’lsam bordir . Axir ot ham bir xil bo’maydiku . Atoqli ot , turdosh ot deganlariday . 4- juftlik. Qizlar : __ Gulmisiz , jambulmisiz , rayhonmisiz ? __ Aytganingizman . __ O’zingiz ham 6-sinf bo’lganingiz bilan erkalik qilib, ashula aytayotgan ekansiz. __Nima deb ashula aytibman ? __ “ Kulcha juda mazali . Sedonali , jizzali “ , _ deb kuylayotgan ekansiz. __ Agar sezgan bo’lsangiz , men sifatga misol aytdim . __ Iqboloy , o’zi rosa sifatni cho’zib yubordik , keling , son , fe’lga o’taylik . __ Setora , fe’lgacha fe’limni aynitib qo’ydingiz . Songa 7- sinfda o’tamiz . Salomat bo’laylik . 5- juftlik . “ Grammatik topishmoqlar “ ustida ishlashadi . o’quvchi : Tovush emas , harf emas , Tanho anglatmas ma’no . O’zaklarga qo’shilib , Bildirar yangi ma’no .
o’quvchi : Bosh harfdan , doppisi bor , Qo’shtirnoqdan to’ni bor . Javob : Qo’shtirnoqqa olinadigan atoqli otlar . o’quvchi : Rangu , hajmu , maza- ta’m , Ma’nosida mujassam . Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling