Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


INNOVATSION PEDAGOGIK LOYIHA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
INNOVATSION PEDAGOGIK LOYIHA
Nizamova Iroda Ilhomiddinovna
Toshkent viloyati Zangiota tumani 
44-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchis
Telefon: +998998817514
Annotatsiya: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarning dars 
jarayonidagi tadbiqi.
Kalit so‘zlar: Innovatsion pedagogik loyiha, ilg‘or pedagogik.
Maqsad:
*O‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
*bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini, bugungi kunda eng zarur bo‘lgan o‘qish 
savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik 
hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, 
yozma va og‘zaki muloqat madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatini tashkil etish kabi 
ko‘nikmalarini shakllantirish;
* Ta’lim vositalari-o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish 
samaradorligini oshirish;
* boshlang‘ich ta’limning sifat samaradorligini oshirish;
* Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli, o‘z o‘rnida foydalanish;
* Fanlararo bog‘lanish, ingliz tilidagi so‘zlarni eslab qolish, o‘quvchilar so‘z boyligini 
texnologiyalar bilan oshirish, ularni erkin fikrlashga o‘rgatish;
* didaktik o‘yinlar orqali darsga qiziqtirish;
Vazifa: 
* Ta’limning texnik vositalari –o‘quv materialini ko‘rgazmali namoish etishga, uni tizimli 
yetkazib berishga yordam beradi, o‘quvchilarga o‘quv materiallarini tushunishga va yaxshi eslab 
qolishga imkon beradi. 
* DTS talablarining bajarilishi,darslarni ilg‘or pedagogic texnologiyalar,didaktik o‘yinlar 
interfaol usullar bilan boyitib, o‘quvchilar faolligini oshirish.
* “O‘quvchini o‘qitmang, o‘qishga o‘rgating,
bilim bermang, olishni o‘rgating” shiorini amalda qo‘llashva natijalarga erishish.
Amalga oshiriladigan ishlar:
* O‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirish uchun “Oltin baliq” tanlovini o‘tkazishni 
o‘quvchlarga taklif qilgan holda ularni ertak va badiiy kitoblarga qiziqishini ottirish uchun amalda 
ham shu tanlovda har bir o‘quvchini ishtirokini ta’minlanishi uchun “Oltin baliq” rasmi tushirilgan 
banner tayyorlab bu bannerdagi har bir baliq o‘quvchilar soniga teng holda bo‘lib, har bir o‘quvchi 
uchun alohida baliqlarga ism va sharifi yozilgan,har bir o‘qilgan kitob uchun bittadan “Oltin 
tangachalar” yopishtirib boriladi. bu jarayon yil davomida olib borilib “Oltin baliq” to‘laligicha 
tangachalar bilan qoplangandan so‘ng g‘oliblar aniqlanib rag‘batlantirish maqsadida ularga oltin 
toj kiydiriladi. 


179
10
* Dars jarayonini yanada qiziqarli tashkil etish va o‘quvchilarga “Dars muqaddas” shiorini 
singdirish maqsadida “Charxpalak” ko‘rgazmasi tayyorlandi va dars jarayonida bu ko‘rgazmadan 
unumli foydalaniladi.O‘quvchilar darsning har bir bo‘limida qanday metodlardan foydalanishini 
bilish uchun juda qiziqadilar va o‘qituvchining charxpalakni aylantirib yana qanday qiziqarli 
o‘yinlar bilan darsni davom ettirishini bilib olishadilar.
* Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni dars jarayonida yanada faollashtirish maqsadida 
“Chaqiruv signali” ko‘rgazmasi tayyorlandi to‘garak va darslarda o‘quvchilarni faollashtirish 
uchun ishlatiladi.O‘quvchilar dars jarayonida tayyor bo‘lgan javoblar uchun qo‘l ko‘tarmasdan 
chaqiruv signalidan foydalanib javoblar tayyorligini bildiradi.O‘quvchilarni darslarga 
yanada faol va qiziqqonligini oshirish uchun qo‘llaniladigan bu signal o‘quvchilarni 
tezkorlikka,intiluvchanlikka,diqqat e’tiborini oshirishga xizmat qiladi.
* O‘quvchilarni bir xillikdan zerikib qolishlarini inobatga olib ularga har xil qiziqarli o‘yinlar 
va metodlar orqali darsni tushuntirish va dars jarayonida berilayotgan savollarni og‘zaki beribgina 
qolmay ularni yanada faollashtirish uchun “Aylanma baraban”maketi yasalib o‘quvchilar 
o‘zlariga tegishli savollarni o‘zlari tanlab olishlari mumkin.Og‘zaki berilgan savol o‘quvchini 
qiziqtirmasligi,diqqatini jamlamasligi mumkin lekin aylanma barabanni aylantirib undan tanlab 
olingan savol o‘quvchini darsga bo‘lgan qiziqishini albatta oshirib uni savolga javob topishga 
ko‘proq undaydi.
* To‘garaklarga o‘quvchilarni jalb qilish uchun har xil mashg‘ulot uchun zarur ko‘rgazmalar 
ko‘rsatiladi.O‘quvchilar uchun eng muhim vaqt tushunchasini o‘rgatish uchun soat maketi yasaldi. 
To‘garak mashg‘ulot jarayonida har bir o‘quvchi o‘zi vaqtni belgilab o‘rganishdi va soat millari 
nimalarni bildirishni bilib oldilar.
Samaradorlik: * Zamonaviy pedogogik texnologiya raqobat sharoitlarida mavjud bo‘ladi va 
shu bois natijalar bo‘yicha samarali va harakat bo‘yicha eng optimal bo‘lishi zarur,aniq ta’lim 
standartiga erishishni kafolatlashi kerak.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling