Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIK
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
10
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIK Muzaffarova Naima Mahmudovna, Navoiy viloyat Zarafshon shahar 1-sonli MTT tarbiyachisi Bugungu kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Maktabgach ta’lim, ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘inindir va ilk ta’lim –tarbiya ishlarinihg poydevori qo‘yiladi. Imoratni poydevori qanchalik mustahkam bo‘lsa, u asrlar silsilasida ham mustahkam turaveradi.bola ta’lim-tarbiyasida maktabgacha ta’lim ham poydevor vazifasini o‘taydi. Ta’lim tarbiya qanchalik to‘g‘ri va mustahkam berilsa, biz barkamol shaxsni tarbiyalash uchun zamin hozirlaymiz. bu esa o‘z samarasini beradi, albatta. barchamizga sir emaski, Respublikamiz Prezidenti ham bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shu sohaga doir bir necha yig‘ilishlar o‘tkazilib, qaror va farmoyishlar qabul qilindi. Jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1 PF–5198-sonli farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash va boshqaruvini qaytadan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi 2 va bugungi kunda vazirlik o‘z faoliyatini olib bormoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil 7 iyulda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. bu dastur maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish uchun xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, bola tarbiyasi, uning shaxs bo‘lib shakllanishi, ijtimoiy hayotni bilishi, turmush tajribalarini o‘zlashtirishi, shu bilan birga psixik jarayonlari, hissiy-irodaviy holatlari, individual xususiyatlarining rivojlanishi va shakllanishi maktabgacha davridan boshlanadi. chunki bu davr inson hayotida asosiy fundamental davr hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’liniga tayyorlash bu – o‘qitish samaradorligini oshirishdagi muhim jihat hisoblanadi. Maktabda o‘qishga tayyorgarlik – bu maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada bolalarga berilgan ta’lim-tarbiyaning muhim natijasidir. U maktab bolaga qo‘yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi. bu talablarning o‘ziga xos tomoni o‘quvchining yangi sotsial-psixologik o‘rni, u bajarishi lozim bo‘lgan yangi vazifa va burchlarni o‘zida mujassam qiladi. Bola hayotida maktabdagi o‘qitish jarayoni, atrofdagilar bilan munosabat tizimini o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv faoliyati bola hayotida markaziy o‘rinni egallaydi. bunda erkin o‘yin faoliyatini farqli ravishda majburiy faoliyat egallaydi.Endi 1-sinf o‘quvchisidan quyidagi jiddiy munosabatlar talab etiladi: • Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolalar kundalik hayot jarayonini qayta quradilar; • kun tartibi o‘zgaradi; • Erkin o‘yinlar vaqti qisqaradi; • bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi, intizomliligiga talab ortadi; • O‘quvchining o‘z hatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga mas’uliyati ortadi. O‘quvchining bu yangi holati uning shaxsini alohida ma’naviy jihatdan yo‘nalganligini yarata- di. Unda o‘z Vatani, oilasi va kishilar oldidagi burch va majburiyatlarni anglay olish, mamlakat taraqqiyotiga o‘z xissasini qo‘shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. O‘quvchi o‘zining jami- yat uchun kerakligini tushuna boradi. Maktab o‘quvchidan – aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy-irodaviy sifatlarn- ing yuksakroq rivojlangan darajasini, o‘z hatti-harakatini boshqarish qobiliyatini, katta ishchanlik qobiliyatini talab qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi – Davlat talablari asosida maktab talablariga muvofiq ravishda maktabda o‘qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat. bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash: 1 Пф-5198-сон “Mактабгача таълим тизими бошқарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” Пф-5198, 30.09. 2017 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi GPf- 3305-son qarori 174 10 - Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tarbiyaviy ishni umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada ta’minlanishi; - Maktabning boshlang‘ich sinflarida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan o‘quv fanlarini egal- lashga maxsus tayyorlashni ta’minlashni nazarda tutadi. Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes, G.M.Lyaminya) va zamonamiz pedagog olimlari (f.R.Qodirova) tomonidan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning quyidagi jihatlari ta’riflangan: - Maktab ta’limiga umumiy tayyorgarlik; - Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik; - Maktab ta’limiga maxsus tayyorgarlik. Maktab ta’limiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda quyidagi omillar muhim hisoblanadi: • bolani maktabda o‘qishga axloqiy-ma’naviy tayyorgarligi; • bolani maktabda o‘qishga aqliy tayyorgarligi; • Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o‘qishga jismoniy tayyorgarligi. Maktabda o‘qishga axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik tushunchasi – bola o‘z hatti-harakat, iroda, hissiyotlar, insonlarga nisbatan muloqot qilishda o‘z fikrini ayta bilishi, o‘zini shaxs sifatida anglashi, o‘qituvchi va sinfdagilar bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajada erishish tushuniladi. Maktabdagi axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik mazmuni o‘quvchi tutgan o‘rindan kelib chiquvchi bola shaxsi va xulqiga qo‘yiladigan talablariga nisbatan aniqlanadi. bu talablar: - Tartibli va intizomli bo‘lish; - O‘quv jarayonini mustaqil va mas’uliyatli bajarish; - O‘z hatti-harakati va faoliyatini boshqarish; - O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida madaniy xulq qoidalariga rioya qilish; - Maktab mulkiga tartibli va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish. Bu yuqoridagi talablarni bajarishga tayyorgarlik avvalambor oilada maktabgacha ta’lim muas- sasalarida olib boriladigan maqsadli, tizimli ta’lim-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirilishi lozim. Axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi. bunda o‘quvchi bilan ishlashda quyidagilarni hisobga oli- shi zarur: • Xulq-atvorni ongli boshqarishga ko‘maklashish; • daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik; • kutilgan maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon etishdagi yordam. Xulosa qilib, bolani maktabda o‘qishga ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlantirishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. U maktab ta’limi nuqtai nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o‘z mazmuniga ko‘ra bolaning maktab sharoitiga moslashish, o‘z majburiyatlarini ma’suliyatli bajarish, o‘qituvchi va o‘quvchilarga nisbatan axloqiy munosabatini shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ma’naviy-axloqiy tayyorgarlik bolani maktabda o‘qishga aqliy va jismoniy tayyorgarligi bilan uzviy aloqadordir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling