Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QITISH SIFATINI YAXSHILASH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QITISH SIFATINI YAXSHILASH
Mirzarahimova Nargizaxon Akbaraliyevna
Jalaquduq tumani 7-maktabning 
boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi
Telefon:(90) 381 68 53
Annotatsiya: Boshlang‘ich ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda 
multimediadan foydalanish usullarini aniqlash, ta’limda multimediadan foydalanishning 
ahamiyatini o‘rganish,zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim jarayoni samarasini 
oshirishga qo‘yilgan talablarni o‘rganish, boshlang‘ich ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni 
tashkil etishda multimedia ilovali metodik qo‘llanmalarning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Zamonaviy axborot texnologiyalari, boshlang‘ich,multimedia
Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj 
topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada 
sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. bunday sharoitda inson 
faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik 
faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z 
faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar. 
Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijodiy munosabatini, eng 
zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni 
bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, 
jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy 
faoliyatini tashkil etish kabi ko‘nikmalarini shakillantirishdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi bolalar psixologiyasi 
hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda 
muhim ahamiyatga ega. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish
boshlang‘ich ta’lim sifat-sama-radorligini yangi bosqichga ko‘tarish o‘qitishning zamonaviy usul 
va vositalarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. hozirgi kunda ta’lim jarayonida 
innovotsion texnologiyalar, pedagogikva axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga 
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. buning asosiy sabablaridan biri 
an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa boshlang‘ich 
ta’limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga
mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga 
o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik, innovotsion va axborot texnologiyalarini ta’lim 
jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. 
Ijodiy guruhlar tomonidan 1-4-sinf o‘quv darsturlarini va darsliklarini shu yoshdagi bolalarning 
psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanqidiy asoslangan xulosalar asosida 
1-4-sinfo‘quv dasturlarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy 
etish va kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazardan takomillashtirish tavsiyalari ishlab chiqildi 
va o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda.
Boshlangich sinf darsliklari uchun multimediya ishlanmalarini bosqichma-bosqich ishlab 
chiqqan holda o‘qitishning o‘yinli shakllari va medimedia texnoligi-yalardan foydalanishni 
kengaytirish vazifalari belgilab olindi. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda multimediadan 
foydalanish usullarini aniqlash quyidagicha: 
-Ta’limda multimediadan foydalanishning ahamiyatini o‘rganish 
-zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim jarayoni samarasini oshirishga qo‘yilgan 
talablarni o‘rganish 
-Boshlang‘ich ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda multimedia ilovali 
metodik qo‘llanmalarning ahamiyati 
kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalaridan bugungi kunda boshlang‘ich sinflarda 


176
10
matematika fanlarini o‘qitishda keng doiradagi masala va maqsadlar uchun foydalanish 
mumkin. Ular ta’lim samarasini oshirishi bilan birga o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatlarini 
yengillashtiradi va mashg‘ulotlarga qo‘yilgan barcha turdagi maqsadlarni muvafaqqiyatli amalga 
oshirishda muhim vosita rolini o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot doirasida quyidagi faraz ilgari surilgan 
edi: ta’lim jarayonida, ya’ni boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayoni samarasini orttirib, o‘quvchilarning ijodiy 
faolligini oshiradi.
Mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish uslubiy jihatdan to‘g‘ri, sanitariya-
gigiena qoidalariga mos, maqsadli va o‘rinli bo‘lsa, ular ta’lim jarayoni samarasini oshirishi 
mumkinligini ko‘rsatdi.
Demak, barcha ta’lim muassasalarida, jumladan boshlang‘ich maktablarda ham 
kompyuterlashgan ta’limni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim 
jarayonida keng foydalanishga o‘tish lozim. 
ko‘rgazmalilik didaktikaning eng asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.bu tamoyil ayniqsa 
boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini hal qiluvchi omil hisoblanadi. hayotning hamma 
sohalariga, shu jumladan ta’lim sohasiga ham tobora chuqur kirib borayotgan kompyuter 
va zamonaviy axborot texnologiyalari ana shu tamoyilni ta’minlay oladigan eng zamonaviy 
vositalardan biriga aylanib bormoqda. Ulardan boshlang‘ich sinflarda o‘qitishda foydalanish 
jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarning individual va psixologik hususiyatlarini e’tiborga 
olish zarur. 
foydalanilgan adabiyotlar. 
1. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy о‘rta 
va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 
187-sonli qarori;
2. Azizxo‘jaеv N.N. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar (Rеklama - rеjalar). – Toshkеnt
2002-yil 
3. Ishmuhamеdov R., Abduqodirov A., Pardaеv A. Tarbiyada innovatsion tеxnologiyalar. T:, 
2010-yil 
4. Sayidaxmеdov N.S. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar: Nazariya va amaliyot – Toshkеnt, 
«Moliya», 2003-yi 
5. WWW.ziyonet.uz 


177

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling