Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


OLMOSHNING MA’NO TURLARI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
OLMOSHNING MA’NO TURLARI 
Zilola Ortiqova 
Sam DCHTI akademik litseyi
Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi 
Telefon: +998915545273
ortiqovazilola9@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarga olmosh va uning uslubiyati haqida ma’lumotlar 
berish, ularni boshqa so‘z turkumlari o‘rnida to‘g‘ri qo‘llash va takrorlarning oldini olish 
masalalarini turli grammatik vositalar orqali yetkazish
Kalit so‘zlar: Olmoshning uslubiy xususiyatlari, ta’limiy maqsad, oldingi o‘ringa olib chiqish, 
nutq faoliyatini o‘stirish, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash,grammatik o‘yin, ichi bo‘sh so‘zlar, olmosh 
turlari, ko‘rsatish olmoshlari.
Olmosh va uning uslubiy xususiyatlarini o‘quvchi ongiga singdirishda o‘qituvchi ta’limiy 
maqsadni olg‘a suradi. buning uchun o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish natijasida musobaqali 
darslar tashkil qilishdan iborat. Guruhda o‘zaro ahillik, guruhda o‘z bilimini namoyon qilish va 
guruhini oldingi o‘ringa olib chiqishga harakat qilishdan iborat. O‘quvchilarning mavzu haqida 
bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning nutq faoliyatini o‘stirish, nutq jarayonida so‘zlarni 
to‘g‘ri qo‘llay olishni o‘rgatadi. 
Avvalo, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi, davomatni aniqlaydi,texnik jihozlarni darsga 
tayyorlaydi, o‘quvchilarni dars jarayonida kayfiyatini ko‘tarish uchun bir talantli o‘quvchiga 
qo‘shiq kuylatadi. O‘quvchilarni 3 guruhga ajratadi va uyga vazifalar turli grammatik o‘yinlar 
asosida so‘raladi. doskani uchga bo‘lib o‘quvchilarning ballari qo‘yib boriladi va bu topshiriqlar 
shaxmat o‘yini asosida ham olib borilsa dars noan’anaviy tus beradi.
Olmoshning nima uchun ichi bo‘sh so‘zlar deyilishi, uning atash ma’nosi yo‘qligi, ularning 
maxsus qoidasi, so‘rog‘i yo‘qligi,barcha so‘z turkumlari o‘rnida kela olishi, ularning sintaktik 
vazifasini bajarishi, so‘z, so‘z birikmasi, hatto gap o‘rnida kelishi, olmoshning ma’no turlari, 
olmoshning ma’no turlaridan qaysilari olmoshning tuzilishi jihatidan qaysi turlariga kirishi va 
olmosh so‘z turkumidan boshqa so‘z turkumlarini hosil qilish masalalarini o‘quvchilarga yetkazish 
maqsadida o‘quvchilarning diqqatini tortish uchun turli qiziqarli o‘yinlardan foydalansak maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. dars jarayonida “Aqliy hujum”,”Zanjir o‘yini” “ko‘rsatish olmoshlarining bir-
biridan farqini bilasizmi?’’, ‘’Bittasi to‘g‘ri’’, “Bittasi begona”, “Beshovi tog‘ri”, “Kim ko‘p meva 
tera oladi?” usullaridan unumli foydalaniladi.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning olgan bilimlarini baholash maqsadida “Aqliy hujum” 
usulidan foydalaniladi. bunda tezkor savollar yordamida har bir o‘quvchi guruhiga ball to‘plashga 
harakat qiladi. 
Guruhlarga “Ko‘rsatish olmoshlarining bir-biridan farqini bilasizmi?” grammatik o‘yinda 
topshiriq beriladi. bunda guruhlar ko‘rsatish olmoshlari so‘zlovchi bilan predemt orasidagi vaqt 
va masofa munosabatiga ko‘ra bir-biridan farqlanishini bilish uchun o‘qituvchi o‘quvchilardan 
ko‘rsatish olmoshlari ishtirokida gaplar tuzishni talab qiladi va gap tarkibidagi gaplarni tahlil 
qiladi. Natijada o‘quvchi bu olmoshi so‘zlovchining ko‘z oldida bo‘lgan, eng yaqin turgan, nutq 
so‘zlanib turgan paytda tilga olingan predmetni ko‘rsatishini, shu olmoshi so‘zlovchining ko‘z 
oldida bo‘lgan yoki yaqin vaqt ichida so‘zlab o‘tilgan predmetni yana eslatish uchun ishlatilishini, 
u olmoshi orqali ko‘z oldida bo‘lmagan predmetga ishora qilinishini va kishilik olmoshidan farqini
o‘sha olmoshi so‘zlovchiga nisbatan uzoqroq bo‘lgan predmetni ko‘rsatish, ilgari so‘zlab o‘tilgan 
ma’lum bir predmetni, voqeani eslash orqali ko‘rsatishini bilib oladi.
“Bittasi tanish”,”Bittasi begona”,”Beshovi to‘g‘ri” o‘yinlari asosida ham olmosh qaysi so‘z 
turkumi o‘rnida kelganini yoki so‘z birikmasi, hatto gap o‘rnida kelganini olmoshning ma’no va 
tuzilishi jihatdan turlarini toppish imkonini beradi. bu masalalarni ”Meva teramiz” o‘yini orqali 
qo‘llasak ham bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Super test”,”Grammatik topishmoqlar” usullaridan foydalansak 
o‘quvchilar e’tibori mashg‘ulotga qaratiladi. Rasm asosida badiiy matn tuzish topshirig‘I berilsa 
o‘quvchi olmoshning nima uchun boshqa so‘z turkumlari o‘rnida kelishi, olmoshlar nutqimizni 
o‘rinsiz takrorlardan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi ekanini tushunib 


190
10
olishadi. dars oxirida “Ofarin”(5 baho) “barakalla”(4 baho) va “Jarima”lar (3 baho), “Jazo” (0 
baho) soni aniqlanadi va mashg‘ulot davomida faol qatnashgan o‘quvchilarga yangi kitoblar, 
ruchkalar yoki mevalar sovg‘a qilinadi. Uyga vazifa sifatida darslikdagi qoidalar va mashqlar 
beriladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. hozirgi o‘zbek adabiy tili Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupova Toshkent “Ilm ziyo” -2015 
yil 331-335 betlar
2. O‘zbek tili Asqarova Tosh.
3. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma b.Mengliyev, O‘.Xoliyorov Toshkent “Akademnashri” 
2011. 216-219 betlar
4. hozirgi o‘zbek adabiy tili A.Anorbekova, Sh.Mirzayeva “NOShIk” nashriyoti Toshkent-2011 
115-122 betlari.


191

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling