Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
PEDAGOGIKADA SHAXS TUSHUNCHASI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
PEDAGOGIKADA SHAXS TUSHUNCHASI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Normetova Odila Ruzmatovna Xorazm viloyati, Shovot tumani 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Telefon raqami: 99899-779-75-15 Annotatsiya: Ushbu maqola shaxs va uning faoliyati haqida .Shaxs tushunchasi pedagogika fanining asosiy mavzularidan biri bo‘lib,uning rivojlanishi va takomillashishi haqida turlicha fikrlar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: Pedagog, individ, shaxs, biogenetik omil, sotsiogenetik omil. boshqa fanlar singari pedagogika ham uzoq tarixga ega. Vatani Qadimgi Yunoniston bo‘lgan pedagogika faniga qadim zamonlardan beri qiziqib kelishmoqda. Lug‘aviy ma’nosi –‘‘ bola yetaklovchi”, “bola o‘rgatuvchi “bo‘lgan pedagogika fani hozirda juda taraqqiy etgan. chunki shaxs ya’ni bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kasb egalari pedagog deb ataladi. O‘zim ham bir pedagog sifatida shu sohada faoliyat olib boryapman. Pedagogika fanining asosini ham aynan shaxs tushunchasi, uning rivojlanishi va faoliyati tashkil qiladi. Odam bolasi tug‘ilganida individ deyiladi, odamlar qurshovida,ma’lum jamiyatda yashay boshlaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi va uni o‘zgartiruvchi sub’yektga aylanadi. Odam boshqa kishilar bilan munosabatlardagina shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi. demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug‘ullanadigan, til orqali boshqalar bilan muloqot qiladigan ongi yuksak rivojlangan komil insondir. Mustaqillikka erishgan ilk kunlardanoq yosh avlod tarbiyasiga, komil shaxs tarbiyalash masalasiga ustuvor vazifa deb qaralmoqda.”kadrlar tayyorlash “milliy dasturi va Ta’lim to‘grisidagi qonunlarda ham bu o‘z aksini topgan. Vatanimizda har bir yosh avlodning o‘sib- unishi, kamol topishi va chinakam shaxs bo‘llib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yaratilayotgan imkoniyatlar, shart- sharoitlar va yuksak e’tibor bugungi o‘qituvchilar, pedagoglarga yanada kuchli mas’uliyat yuklaydi. Yosh avlod tarbiyasidek murakkab va mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarishga undaydi. bizning ota- bobolarimiz azaldan farzand tarbiyasiga juda jiddiy qarashgan. Qadimiy asarlar bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘otit turk” asarlarida ham, muqaddas kitobimiz bo‘lmish “Avesto”da ham bu masalaga oid fikrlar yozib qoldirilgan. Abu Ali ibn Sino esa farzand tarbiyasini ona qornidayoq boshlash kerak deydi. bolaning rivojlanishi, o‘sishi va psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, bolaning boqchadan boshlab to maktabni tugatib, balog‘atga yetgunga qadar bo‘lgan vaqt ta’lim va tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘liq. bizning ta’lim tizimimiz boshqa mamlakatlar ta’lim tizimidan bir jihati bilan ajralib turadiki, bu ham bo‘lsa ta’lim tarbiya bilan birga olib boriladi. ko‘pgina davlatlarda bolalar faqat o‘qitiladi, tarbiyasiga o‘qituvchi mas’ul emas(ya’ni qanday kiyinadi, o‘zini qanday tutadi, bolaning xulq- atvori nazorat qilinmaydi). bizda o‘qituvchilik kasbi shunisi bilan ham ma’suliyatli va murakkabdir. Shu o‘rinda, mutafakkir bobomiz Abdulla Avloniyning quyidagi purma’no so‘zlarini eslash kifoya: ”Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo, najot-yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”. bolaning shaxs sifatida kamol topishida ko‘pgina omillar muhim rol o‘ynaydi. ko‘pchilik olimlar, jumladan J.Lokk, avstriyalik psixiatr Z.freyd fikricha,shaxs asosan ikki xil omil ta’sirida shakllanadi. birinchisi biogenetik yo‘nalish ya’ni odamning irsiyati, nasl –nasabi hisoblanadi. Unga ko‘ra, bola ona qornidayoq o‘z irsiyatiga xos xususiyatlarni o‘zlashtiradi, tug‘ilganidan keyin shuni takrorlaydi. Ushbu fikrlarni Myuler va Gekkellar ham ta’kidlab, bola tug‘ilganidan boshlab shaxs sifatida tarkib topguncha o‘sha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, deb fikr bildirganlar. Ikkinchi muhim omil esa, sotsiogenetik omil deb ataladi, buni ijtimoiy deb atash ancha tushunarli. Ijtimoiy muhit-avvalo oila muhiti bo‘lib, bola tug‘ilganidan boshlab odamlar qurshovida yashaydi. Tashqi dunyo bolaga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Ya’nikim, bola tashqarida ijtimoiy hayotda ko‘p ta’sirga beriladi. Shaxs tashqi muhitdan turli ijtimoiy munosabatlarni o‘zining faoliyati orqali singdirib, o‘z fe’l- atvoriga aylantirib boradi. Masalan, yangi tug‘ilgan bolani hayvonlar 184 10 orasiga qo‘shib qo‘yilsa, uning xatti –harakatlari hayvonlarnikiga o‘xshab qoladi. bola tili ham ijtimoiy muhitga bog‘liq (Mashhur multfilm Mauglini esga olsak, unda ijtimoiylashuv yuz bermaydi) .Mening fikrimcha, ikkinchi omilga jiddiy qarash kerak. chunki hozirda kuchli axborot va taraqqiyot asrida yashayapmiz. Shaxsni o‘ziga og‘dirib, xohlagan ishini qildirishga qodir xurujlar bisyor. bunday ko‘zga ko‘rinmas xatarlardan yosh avlodni asrash uchun ularni bee’tibor qoldirmasligimiz, qiziqishlarini, ko‘ngil kechinmalarini tinglay bilishimiz,eng asosiysi ularni kitobga oshno qilishimiz kerak . Zero ma’naviyati yetuk,mustaqil fikrli, atrof- muhitga teran nigoh bilan qaraydigan avlod mustaqil mamlakatimiz tayanchidir. Foydalangan adabiyotlar: 1. Jakbarov M. komil inson g‘oyasi.T.2002 2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi: Nasaf. 2000 3. Jamilova N. va Xasanboyeva O. “Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi. ”T,2009 Elektron ta’lim resuruslari : 1.www.pedagog.uz 2.www.ziyonet.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling