Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
TA’LIM JARAYONIDA AKTNI QO‘LLASH TIZIMLARINING AHAMIYATI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
TA’LIM JARAYONIDA AKTNI QO‘LLASH TIZIMLARINING AHAMIYATI Oysuluv Hidoyeva Ulug‘bek qizi Uchquduq tumani 5- maktab tarix fani o‘qituvchisi Telefon: +998(91)2282588 munismalikam@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada AKT ning ta’limda tutgan o‘rni va tizimda undan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. AkT ning rivojlanishi orqali ta’limni rivojlanishi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim jarayoni, AKT, internet, taqdimot, axborot texnologiyalari, media-resurs, axborot olami. Hozirgi kunda ta’lim jarayoni barchani e’tiboriga tushgan va uni sifatli, tizimli tashkil etish uchun katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘qituvchilarga ham keng imkoniyatlar berilmoqda. darhaqiqat, XXI asr – axborot asri hisoblanadi. buni esa barcha ta’lim jarayonini AkT vositalarini qo‘llab samarali faoliyat olib borilayotganida ko‘rishimiz mumkin. So‘ngi yillarda esa yangi yo‘nalish onlayn ta’lim ham rivojlandi. bunday yo‘nalishni rivoji albatta AkT orqali bo‘lishi aniq. Sababi uzoqdagi o‘quvchiga ham ta’lim berish uchun internet orqali muloqot qilishga imkon bermoqda. Pedagogik mukammallik fan, texnologiyalar va ularning mahsuloti - axborot texnologiyalarining hozirgi rivojlanish darajasiga mos keladigan bilim va ko‘nikmalarning birligiga asoslanadi. AKTni qo‘llash tizimini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1-bosqich: Muayyan taqdimotni talab qiladigan o‘quv materialini aniqlash, o‘quv dasturini tahlil qilish, tematik rejalashtirish, mavzularni tanlash, dars turini tanlash, ushbu turdagi dars uchun materialning xususiyatlarini aniqlash; 2-bosqich: Axborot mahsulotlarini tanlash va yaratish, tayyor ta’lim media-resurslarini tanlash, o‘z mahsulotingizni yaratish (taqdimot, o‘qitish, trening yoki monitoring); 3-bosqich: Axborot mahsulotlaridan foydalanish, sinfda har xil turlardan foydalanish, o‘quv ishlarida foydalanish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarishda foydalanish. 4-bosqich: AKTdan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, natijalar dinamikasini o‘rganish, fan bo‘yicha reytingni o‘rganish. Ta’lim berishda o‘qituvchiga yuqorida berilgan tizimlar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish masalasi mavjud bo‘lib, uni malaka oshirish kurslarida, maktabning o‘zida mavjud imkoniyatlardan foydalanib o‘rgatilib kelinmoqda. bu jarayon o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini ularning ko‘rib tushunish imkoniyati orqali bilim olishini ta’minlab beradi. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Ta’limda o‘quvchining bilimini nazorat qilish uchun ham onlayn testlar va qo‘llanmalardan foydalanish mumkin. bundan tashqari o‘qituvchilar ham o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Inson axborot olami ichra yashar ekan, voqea-hodisalar jarayonlarning bir – biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil etish,o‘z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan - ko‘p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Ayni paytda siz turli xil manbalardan ma’lumot olishingiz, undan foydalanishingiz va o‘zingiz yaratishingiz kerak. AkTdan keng foydalanish o‘qituvchiga o‘z fanini o‘qitishda yangi imkoniyatlar ochadi, shuningdek uning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi, o‘qitish samaradorligini oshiradi va o‘qitish sifatini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ларина В.П., Ходырева Е.А., Окунев А.А. Лекции на занятиях творческой лаборато- рии «Современные педагогические технологии».- Киров: 1999 – 2002. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling