Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


O‘QUVCHILARGA ISH QOG‘OZLARI USTIDA ISHLASH QOIDALARINI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
O‘QUVCHILARGA ISH QOG‘OZLARI USTIDA ISHLASH QOIDALARINI 
O‘RGATISH.
Qilicheva Lobar Jabborovna
Qarshi shahar 44-maktab 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
Tel nomer:998999461467
Elektron pochta: lobar@gmail.com
Annotatsiya: Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. (A.Navoiy) Tilimizning tovush qurilishi juda 
ham rangin, har qanday ma’no-mazmunni ohang og‘ushida tasvirlash, ta’kidlash va tasdiqlashday 
betakror imkonga ega.
Kalit so‘z: Ish yuritish, ariza, dalolatnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, 
hisobot, ma’lumotnoma, tavsiyanoma, ishonchnoma, tavsifnoma va bayonnoma. hozirgi kunda 
eng dolzarb masalalardan biri ish hujjatlarini to‘g‘ri to‘ldirishdir. Ish qog‘ozlariga asosan: ariza, 
dalolatnoma, tavsiyanoma, bayonnoma, ishonchnoma, taklifnoma, hisobot, e’lon, tushuntirish 
xati, tavsifnoma, ma’lumotnoma, tarjimayi hol kiradi. har bir shaxs ush hujjatlari bilan tanishishi, 
ularni to‘g‘ri to‘ldirish, yozish tartibini bilishi kerak. buning uchun ularni maktab davridayoq bu 
ish qog‘ozlari bilan tanishtirish darkor. 
Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-
tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina 
tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlashtirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur 
ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi 
uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy - ish 
yuritish tilini ham bilishi kerak. chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, 
baribir, hech bo‘lmaganda, tilxat, ariza yoki ishonchnoma yozishiga to‘g‘ri keladi. U yoki bu 
darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham “davlat tilihaqida”gi qonunimizning o‘zak moddalari 
(8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish 
jarayonlari anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va 
maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. 
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-
xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz 
faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik 
jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim 
holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyoj javob sifatida, 
tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Ona tili 10-sinf darsligi, 2.G‘ulomov A., Asqarova M., hozirgi o‘zbek adabiy tili, sintaksis.


195

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling