Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
CHIZMACHILIK O‘QITISH METODIKASIDAQO‘LLANILADIGAN ILMIY -
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- toifali tasviriy san’at fani o‘qituvchisi Tel 94 109 03 80 Annotatsiya
10
CHIZMACHILIK O‘QITISH METODIKASIDAQO‘LLANILADIGAN ILMIY - TADQIQOT BOSQICHLARI VA DARSNI TO‘G‘RI TASHKIL ETISH METODIKASI Ro‘zimatova Diloramxon Mahamadumarovna Andijon viloyati Asaka tumani 18- umumta’lim maktabi 1- toifali tasviriy san’at fani o‘qituvchisi Tel 94 109 03 80 Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida chizmachilik darslarini to‘g‘ri tashkil etish qo‘llanadigan metodlar haqida fikr bildiriladi. Kalit so‘zlar: o‘qitishning texnik vositalari, chizmachilik, P.Odilov chizmachilik fani umumta’lim maktablarida 2000-yildan boshlab P.Odilov va A.Umronxo‘jaevíar tomonidan tuziigan dastur bo‘yicha o‘qitilib kelinmoqda. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-metodika markazi tomonidan «Chizmachilik o‘qitishni takomillashtirish konsepsiyasi» e’lon qilindi. 1995-yilda shu konsepsiyaga asosan chizmachilik fani «Texnikaviy grafika asoslari» deb yangidan nomlanib, shu nomda dastur va darslik chop qilinib, o‘quv jarayoniga kiritildi.2004-yiida P.Odilov va boshqalar tomonidan umumta’lim maktablarining 8 va 9-sinflari uchun «chizmachilik» darsligi nashr qilinib, o‘quv jarayoniga kiritildi. hozirgi kunda respublikamiz umumta’lim maktablarida A.Umronxo‘jaev tomonidan tayyorlangan «chizmachilik» hamda P.Odilov va b. tomonidan tayyorlangan «chizmachilik» darsliklaridan foydalanilmoqda. Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan barcha fanlarning o‘z maqsadi bo‘lgani kabi chizmachilik darslarida ham o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantirishga ahamiyat qilish kerak: a) bilim olish jarayonlarini boshqarish (aniq maqsadga yo‘naltirilgan diqqat, xotira va hokazo). b) o‘quvchilaring nutq imkoniyatlari, turli belgili tizim (simvolik, grafik, obrazli)larni tushunish va ulardan foydalanish qobiliyati. chizmachilikdan o‘quvchilarning bilimi, ularning grafik savodxonlikka qiziqishlarí qator ta’sirlarga bog‘liq. Chizmachilikni o‘qitish sohasida qo‘llaniladigan tadqiqotlar o‘qitishning qonuniyat va xususiyatlarini aniqlash, dastur mavzularini o‘rganishda samarali metod va usullarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish, grafik topshiriq, o‘qitishning texnik vositalari, tavsiyalar ishlab chiqish kabilarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot ishlarining zarur sharti fanning maktabda o‘qitilish ahvolini yaxshi bilishdan iborat. buning eng yaxshi yo‘li bevosita maktabda chizmachilik o‘qitish. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan har kuni uchrashib tursa, o‘qituvchi o‘quvchilarning dastur, darslik, didaktik materiallar va ko‘rgazmali qurollarga nisbatan munosabatlarini bilib boradi. bu unga o‘qitishdagi kamchiliklarni tez va chuqur bilishga va ularni bartaraf qilish yo‘llarini izlashga imkon beradi. Chizmachilikda pedagogik tadqiqot jarayonini o‘zaro bog‘liq bir necha shartli bosqichlarga bo‘lish mumkin. har bir bosqichning o‘z vazifalari bor: birinchi bosqich – bunda o‘qituvchi darsni yanada samarali va o‘quvchilar uchun qiziq holda tashkil etish maqsadida quyidagi tavsiyalarga amal qilishi lozim: - o‘qituvchilar tajribasini o‘rganishda quyidagilarni aniqlashi kerak: - o‘qituvchi qanday qiyinchiliklarga duch keladi; - qiyinchilik va kamchilarning sabablari. Ushbu o‘rgangan jihatlarni darslarda qo‘llash pedagoglarning yutuq va kamchiliklarini o‘rganib, dars jarayonida qo‘llashi orqali samarali darsni tashkil etish imkoni paydo bo‘ladi. Ikkinchi bosqich - gipotezani qo‘yish. Gipoteza (ilmiy faraz) bu ma’lum muamoni hal qilish yo‘li ko‘rsatilgan taklif. darsni yanada qiziqroq bo‘lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi. O‘qituvchi muhokama uchun mavzuni o‘rtaga qo‘yadi dars baxs – munoza va tortishuvlar asosida tashkil etiladi. har bir o‘quvchi o‘zining erkin fikrini bildiradi. dars yakunida gipoteza o‘zgarmasdan qolmaydi. Uchinchi bosqich - gipotezani tekshirish va nazariyalarni qurish. bunday tekshirish ilmiy tadqiqotning turli metodlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ya’ni turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metodlar, internet tarmoqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Xulosa o‘rnida aytishimiz lozimki, o‘qituvchi o‘zini ma’naviy-siyosiy hamda ma’rifiy saviyasini 207 10 oshirib borishi ustida tinmasdan ishlashi zarur. U milliy qadriyatlarimiz, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va o‘tmishini yaxshi bilishi, bulami o‘quvchilarga dars jarayonida o‘z o‘rnida tushuntirib, ongiga singdirib borishi zarur. O‘qituvchi chizmachilikdan o‘quv dasturini puxta o‘rganishi, uning asosiy yo‘nalishi hamda mazmunini tushunishi, maqsadi hamda umumta’lim maktablaridagi yoki kasb-hunar kollejlaridagi vazifalarini aniq bilish shart. O‘qituvchi darsga tayyorlanishda mashg‘ulotlar o‘quvchilar uchun faqatgina foydali bo‘lib qolmasdan, balki qiziqarli bo‘lishiga erishishga harakat qilish kerak. chizmachilik fani o‘qituvchisining geometriya, mehnat ta’limi, matematika fanlaming o‘quv dasturi bilan ham anishgan bo‘lishi foydalidir. chizmachilikdan o‘quv materialini aniq rejalashtirish talab qilinadi. bunda dastur bo‘yicha mavzu yoki bo‘limni ajratilgan soatlar bo‘yicha o‘tiladigan hajmini taqsimlash ayniqsa yangi ish boshlayotgan O‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Shu o‘rinda, Pedagog olim A.S.Makarenkoning quyidagi so‘zlari juda o‘rinli: «Agar sizning ishingizda hamisha muvaffaqiyatsizliklar va kamchiliklar hamroh bo‘lsa, har qadamda o‘z ishingizni bilmaslingiz ko‘rinib tursa, siz kamsitishlar va har xil kinoyalardan ortiq hech bir nimaga erisholmaysiz» - deya ta’kidlagan edi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.I.Ro‘ziyev, A.O.Ashtrboyev. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. — T.: «fan va texnologiya», 2010 2. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling