Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI VA UNGA QO‘YILGAN


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI VA UNGA QO‘YILGAN 
PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK TALABLAR
Rasulova Madina Abdurashidovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 68-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
 Xusanova Gulzoda Absalomovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 20-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
O‘zining mustaqil ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi 
ta’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim tog‘risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga 
erishdi.Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb – hunar egallashga bo‘lgan e’tibor 
kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim – tarbiya tizimiga yangicha ilmiy – uslubiy yondoshuvlar kirib 
kela boshladi. bu yondoshuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni-ning turli tashkiliy va metodik 
jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko‘pchiligi pedagogik 
texnologiyalar va pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir.
Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagogva tarbiyachilarning salohiyati, kuchli kasbiy 
bilimi va mahorati ko‘p narsani belgilaydi. Ularning zimmzsiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya 
yuklangan.Inson hayotda bola tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligini barcha – barcha anglab 
yetadi. Ota – onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi 
uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo‘yilganida esa bolaga atrof – muhit va 
jamoatchilikning ta’sirikuchli bo‘ladi. Ta’lim muassasalari va mahalla – kuy, umuman, ijtimoiy 
atmosfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘nggi daqiqasi gacha ta’qib qilib boradi. 
Shuni ta’kidlash joizki, o‘quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning 
ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllntirishga qaratiladi.O‘quv faoliyati o‘z ryvojlanishining 
hamma bosqichlarida ijtimoiy maq-sadga ega.Shuningdek, maqsadli amalga oshiriladigan jarayon 
hisoblangan ko‘p qirralidir.Uning asosini o‘qitish jarayoni, ya’ni tarbiyachi, o‘qituvchi tomonidan 
bolaga, o‘quvchiga bilim, malaka va ko‘nikmalarni tashkil etadi.”kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi pedagogga qo‘yiladigan zamon talablari majmuini 
belgilaydi.bir – biriga bog‘liq bo‘lgan talablarning majmui pedagogning umumlashtirilgan 
modelini tashkil qiladi.Umum lashganmodelga muvofiq o‘qituvchiga qo‘yiladigan asosiy 
talablar qo‘yidagilardan iborat: ta’lim berish mahorati, tarbiyalay olish mahorati, o‘quv – tarbiya 
jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiy fazilatlari; ta’limoluvchilarning bilimlarini xolisona 
baholay olish va nazorat qila olish mahorati va h.k.
Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog “qiyofa”sini 
ifodalaydi. Olib borilgan kuzatishlar AQSh, Germaniya, Yaponiya, fransiya va boshqa sanoati 
hamda intellektual bilimlari rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, 
yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, asosan, qo‘yidagilarga bog‘liq bo‘lar ekan: 
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali aloqadorligiga;
- ta’lim muassasalari va professional ta’lim dasturlari turlarning ( tiolari-ning ) xilma –xilligi, 
ularda fan texnikaning eng oxirgi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari 
va ko‘rinishlari qay darajada aks ettirilganligiga;
- professional ta’lim tizimini ustivor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirishga;
- ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv – metodik adabiyotlar bilan ta’min- lashva ularning 
moddiy – texnik asosini yaratish hamda ularning moliyaviy ko‘r- satkichlarini mustahkamlashga;
- professional ta’lim tizimiga eng yuqori malakali o‘qituvchilarni va muta- xassislarni jalb 
qilish;
- o‘quv jarayonini informatizasiyalash va komp’yuterlashtirishga erishish;
- kadrlar tayyorlashning sifat bahosini va ob’ektiv nazorat tizimini qo‘llashga o‘rgatish;
- shaxsning rivojlanishi, o‘lchovi, sifat va xulqini, qobiliyati va intellektini baholash hamda 
kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan psixologok – pedagogik izlanishlarni bajarish 
lozim;
- tarbiyachi va o‘qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy 


203
10
himoyalab turish kerak.
Bugungi kun mutaxssisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektgaega bo‘lgan, 
fan asoslarini chuqur o‘rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli, ma’naviyatli inson 
bo‘lishi kerak. U o‘z mutaxssisligi, masalan, xorijiy tillardan birini bilishi hamda AkT texnologik 
vositalardan foydalanaolishi shart.
Zamonaviy pedagog yuqori madaniyatli, xalqimiz tarixini chuqur biladigan va uning kelajagi 
uchun jon kuydiradigan insonparvar va oliyjanob kishi bo‘lishi kerak. Uzliksiz ta’lim tizimini 
amlaga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash borasida gap 
borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malakali va pedagogik 
mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash 
lozim.
Shunday ekan, tarbiyachilik va o‘qituvchilik- katta san’atdir. bu san’atga u yoki bu pedagog 
osongina, o‘z – o‘zidan erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom 
avlod uchun chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r,zamon talablarini tez va kengroq 
tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy – siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan 
amalga oshirib boruvchi, mustaqil g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, ha-qiqiy 
vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladi.
Pedagogik mahorat tug‘matalant yoki nasldan – naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning 
negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi.Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma 
o‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Axborot va komunikasiya texnologiyalari ta’lim mazmunining doimiy ravishda yangilanishi, 
o‘qyv – tarbiya jarayonining tashkiliy shakl va metodlarini isloh qilinishiga olib keladi.
Bugungi kunda hayotning o‘ta o‘zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi 
jihatlarini yuzaga chiqara oladi:
1).Ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy texologiyalarning yangilanishi 3 – 5 yilni tashkil etib, avlodlar 
almashinishi sur’atidan ham o‘zib ketmoqda;
2). Uzliksiz ta’lim va yangiixtisoslikka ega bo‘lish shaxsning ijtimoiy mavqe ini saqlab 
qoliahning ajralmas qismiga aylandi;
3).kerakli axborotlarni o‘z vaqtida topish, olish, qabul qilish va samarali foydalanish har bir 
insonning qobiliyariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limda kompetentlikni rivojlantirishga, birinchidan,kmop’yuterlashtirish jarayoni katta 
yordam beradi. Axborot portlashi deb ataluvchi holatda u, ayniqsa, dolzarb bo‘lib qoladi.
Ikkinchidan, bunda inson katta axborot oqimiga duch kelib, uni tahlil qilish, tushuntirishhamda 
undanfoydalanish yoki foydalanmaslik haqida qaror qabul qilishni bilishi kerak bo‘ladi. 
Kompetentlik yondashuvi bilan qiziqish- ning yana bir sababi bu bozor munosabatlarining 
rivojlantirilishi va raqobatbar-dosh kadrlarni tayyorlashdir. bu nihoyat, uchunchidan, O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizimini kompetentlik bilan ishlab chiqilayotgan va tatbiq etilayotgan xalq-aro 
tizimga birlashidir.
kompetensiya ( lot.competo erishyapman, munosibman, loyiqman ) u yoki bu sohadagi 
bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi.
kompetensiya ( lot. competere layoqatli, munosib bo‘lmoq ) shaxsning biror bir sohadan 
xabardorlik, shu sohani bilish darajasi.
Komnementlik ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradgan bilimga 
ega bo‘lish, dalil isbotli fikr, kishining muayyan sohadagi saviyasini ifoda etadigan atama. 
Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim, 
ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirishdir. kompetentlik insonga muayyan masalalardafikr 
bildirishi, ma’lum qarorlarni ishlan chiqishda ishtirok etishi yoki mustaqil ravishda qaror qabul 
qilishimkonini beradi.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti shunday deydi:”Buyuk maqsadlari-mizga, ezgu 
niyatlarimizga erishamiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga 
oshirilayotgan islohatlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga 
javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo‘lgan mutaxssis kadrlarni tayyorlash 
muammosi bilan bog‘liq ”.
Kasbiy kompetentlik – murakkab xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy, axborot, kommunikativ, 
refleksiv, intellektual, tadqiqotchilik kompetensiyalariini o‘zida mujassamlashtirgan integral 
tizimdir.


204
10
“Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” tizimidagi intergrasiya fanlararo ta’limning maqsadlari va 
vazifalariini aniqlash bilan ta’minlanadi. fanlar bo‘yicha vertikal va gorizantal integrasiyani 
o‘tkazish, ularni alohida bloklar va fanlarning asosiy bloklari bo‘yicha aloqalarni aniqlash, asosiy 
fundamental tushunchalarni ajratib beradigan kurslarniajratish, fanlarni tuzilmaga solish, fanlar 
turini va semantik tushunchalarini tuzish, tayyorgarlikning turli bosqichlaridagi ta’lim ketma – 
ketligini aniqlash integrativ kurslarni ishlab chiqishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Kasbiy ta’limda kompetentlikka asoslangan yondashuvni amalga oshirish istiqbollari:
* har bir bolaning shaxsiy salohiyatini hisobga olishva uni ruyobga chiqarishning samarali 
yo‘llaridan foydalanish;
* o‘quv maqsadlari mazmunini o‘zgartirishorqali shaxs rivojlanishi masalasi ni birinchi o‘ringa 
ko‘tarish;
* o‘quv metodlarini qayta tanqidiy ko‘rib chiqish va shaxsning tadqiqotchi-lik ko‘nikmalarini 
rivojlantiradigan metodlaridan foydalanish;
* o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizmini amaliyotga joriy etish.


205

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling