Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR BILAN ISHLASH USULLARI Sayidova Ergashoy Rayimovna, Navoiy viloyat Karmana tuman 13-umumta’lim maktab Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. boshlang‘ich sinflarda darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlash o‘rgatish bir kunda yoki bir soatlik dars davomida amalga oshirilmasdan, balki yillar davomida bosqichma–bosqich turli omillar ta’sirida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, muammoli metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Olib borilgan kuzatishlarga qaraganda ta’lim metodlarining barchasi ham o‘quvchilarni darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda mustaqil fikrlashga o‘rgatish vositasi bo‘la olmaydi. Ammo darsda turli metodlarni qo‘llash orqali darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda ta’lim samaradorligini oshirishga, bilimlarni egallash jarayonining zerikarli bo‘lmasligiga erishish mumkin. Ta’lim metodlari xilma–xil bo‘lib, o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga birlashtiriladi. Ta’lim metodlarining tasnifiga oid turli qarashlar mavjud: ba’zi mutaxassislar ta’lim metodlarini tasnif etishda darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda bilim manbalarini hisobga olishsa, ayrim olimlar o‘qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning ko‘p va rang–barang bo‘lishi tabiiy. chunki ta’lim metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan ham, bilim va malakalar bilan ham, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Masalan, Yu.k.babanskiy darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda samara beruvchi ta’lim metodlarini o‘quvchilarning faoliyati nuqtai nazaridan tasnif etadi. U ta’lim metodlarini uch guruhga ajratadi: – o‘quv–biluv faoliyatini uyushtirish va amalga oshirish metodlari; – o‘quv–biluv faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari; – o‘quv–biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish metodlari. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlash orqali har bir guruh, o‘z navbatida, yana kichikroq guruxlarga ajratiladi. Masalan, birinchi guruh metodlariga quyidagilar kiradi: og‘zaki bayon qilish, ko‘rgazmali metodlar, amaliy metodlar, induktiv va deduktiv metodlar, muammoli–izlanish metodlari, mustaqil ishlash metodlari. Darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda, darslik bilan mustaqil ishlay olgan o‘quvchilar baholashda rag‘batlantirish va nazorat qilish metodlaridan foydalanishda ham o‘z tarkibida guruxlarga ajratiladi. O‘quvchini mustaqil darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda ta’limning muammoli metodi faqat o‘qituvchini bilimlarni bayon etishga emas, balki o‘quvchilarni mustaqil ravishda izlanishga, fikr yuritishga yo‘naltirishi lozim. A.G‘ulomov va M.Qodirovlar xususiy metodlar, ya’ni o‘qish ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan metodlar borasida to‘xtalib o‘tadilar. Ular ta’limni ikkiyoqlama jarayon ekanligini hisobga olib, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratadilar: 219 10 1. O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar. 2. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar bilimlarni tayyor holda bayon etish va muammoli bayon qilish metodlariga ajratilgan. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar guruhiga qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlanishga asoslangan metodlar kiradi Ta’lim metodlarini tahlil qilib chiqar ekanmiz, ulardan unumli va o‘rnida foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda juda qo‘l kelishini ko‘ramiz. Ammo ta’lim metodlarining barchasi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilmaydi. binobarin, reproduktiv metod o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishga ta’sir etmasa, muammoli izlanish metodi orqali bu borada yuqori natijalarga erishish mumkin. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlashda topshiriqlarni bajarishda muammolar qo‘yiladi, bu muammo – mohiyatiga ko‘ra, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan masaladir. O‘qituvchi o‘quvchi oldiga muammo qo‘yar ekan, uni hal qilish yo‘lidagi harakat davomida o‘quvchi darslik bilan ishlaydi, izlanadi, ijod qilishga intiladi, muammo ustida avvalgi tajriba va bilimga tayangan holda fikr yuritadi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf ta’lim–tarbiya jarayonida darslik va qo‘llanmalar bilan ishlash adabiyotlarni o‘rganish bilan birgalikda, turli usul, uslub va omillar ta’sir etadi–ki, bu usul, uslub va omillar ta’siri natijasida darslik va o‘quv qo‘llanmalar orqali ta’limda ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori 2. Ibragimov R. boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari: Ped. fan. nom. ... dis. – Toshkent, 2002. 3. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling