10
ONA TILI DARSLARIDA LUG‘AT DIKTANTDAN FOYDALANISHNING
SAMARALI USULLARI
Shahloxon Bahodirovna Bobojonova
Bo‘ston tuman 22-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya: Ushbu qo‘llanma ona tili darslarida o‘quvchilar ongini, dunyoqarashini, nutqini
va so‘z boyligini oshirishda, shuningdek nafaqat ong bilan chegaralanmay, balki qo‘l xotirasini
ham shakllantirish uchun samarali metod, ya’ni “ Ong va Tafakkur” usuli sifatida tavsiya etiladi
Kalit so‘zlar: Masalan, sa’va, ta’na, qa’la, is’hoq, as’hob, Ra’no, ma’no, jur’at, Tal’at kabi
so‘zlar
So‘z boshi
O‘zbekiston rivojlanish sari dadil odimlar bilan yuksalib borayotgan bir vaqtda, yurt ishonchini
oqlash uchun kamarbasta bo‘lib yetishib kelayotgan yoshlar ham talaygina .haqiqiy chinakam
buyuk kelajak bunyod etish hamisha har tomonlama yetuk,aqlli, idrokli va ma’naviyatli avlodga
bog‘liq bo‘lgan .Men faxr tuyg‘ularini tuygan holda shuni ayta olamanki, izchil yangilanish davri-
da ta’limning asosiy maqsadi hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lish, baxtli oila o‘chog‘ini bunyod etish
va bu bilan “Oila jamiyat negizi “ bo‘lganidek, mustahkam davlat barpo etishdan iborat.
Hozirgi ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochib berayotgan PISA xalqaro tadqiqot-
larining asosiy maqsadi ham shundan iborat. Umumiy milliy tilni saqlamoq bilan barobar xususiy
og‘iz orasidagi tilni ham saqlamoq lozimdir. chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va
fazlini o‘lchab ko‘rsatadigan tarozusidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va
quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan biladi.”Quruq so‘z quloqqa yoqmas “, deydilar
dono xalqimiz. Agar so‘z aql va hikmatga boy bo‘lsa, demak bilingki savodxonlikdandir. Tillarn-
ing eng yaxshisi so‘zga usta til, so‘zlarning eng yaxshisi oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |