Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OG‘ZAKI MASHQLAR YORDAMIDA HISOBLASH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OG‘ZAKI MASHQLAR YORDAMIDA HISOBLASH 
MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Saburova Mahliyo Yunusjonovna
Farg‘ona tumani 14-son umumta’lim 
maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: +998939782102
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ilk matematik tushunchalarni 
berish va og‘zaki mashqlar orqali hisoblash malakalarini shakllantirish usullari berilgan, 
mashqlardan namunalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: matematika, og‘zaki mashq, hisoblash, taqqoslash, fikrlash, bilim.
boshlang‘ich maktabning 1-sinfida og‘zaki mashqlar alohida ahamiyatga ega. Ular yordamida 
o‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalari shakllantiriladi. Og‘zaki mashqlar savol – javob 
tarzida butun sinf o‘quvchilari bilan birgalikda o‘tkaziladi. bunday ishlarni matematik diktant 
tarzida ham o‘tkazish mumkin.
Og‘zaki mashqlar yordamida o‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakasini shakllantirish bilan 
birga ularning hotirasi, nutqi diqqati, eshitish uslubiyoti ham rivojlanadi. Tajribalar 
shuni 
ko‘rsatadiki o‘gzaki mashqlarni to‘gri qo‘llash natijasida dars samaradorligini oshirishiga sabab 
bo‘ladi. Og‘zaki mashqlar ushbu maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladi: Yangi materialni 
o‘rganishga tayyorlash, o‘tilganlarni mustahkamlash va takrorolash.
Ya’ni mavzuni o‘rganishga tayyorlashda og‘zaki mashqlardan foydalanish eng yaxshi uslubiy 
vositalardan biri hisoblanadi. bunga quyidagi 8 + 6 yig‘indini topish masalasini o‘rganishda 
quyidagi ―sonlarni 10 ga to‘ldirish usullarni takrorlash zarur:
a) 10 ichida qo‘shish jadvalini takrorlash zarur;
b) Qo‘shishda o‘rin almashtirish jadvalini takrorlash.
Og‘zaki mashqlar yuqoridagi hollarni mohiyatini ochadigan qilib tanlash kerak. 6 sonini 
shunday ikkiga ajratish kerakki u 8 ni 10 ga to‘ldiradigan bo‘lsin. So‘ngra 10 + 4 yig‘indini topish.
birinchi sinfdan og‘zaki mashqlarni quyidagi bo‘limlarga ajratish yaxshi samara beradi.
a) sonlar va ular ustida amallar;
b) sonlarni mashqlarni taqqoslash;
c) harfiy ifodani tenglama va tengsizlik tushunchalarini shakllantirishga tayyorlash;
d) matnli masalalar;
e) geometrik topshiriqlar;
f) fikrlash qobilyatini rivojlantirish.
Yuqoridagi bo‘limlarga doir mashqlardan namunalar keltiramiz.
Sonlar va ular ustida amallar
1) 1 dan 7 gacha, 2 dan 8 gacha, 3 dan 9 gacha bo‘lgan sonlarni ayting.
2) 3 dan, 5 dan, 8 dan keyingi keluvchi sonni ayting.
3) Quyidagi sonlar orasidagi sonlarni ayting
1 va 4; 2 va 6, 8 va 10
4) 3 sonini 2 taga, 4 sonini 3 taga ortiring.
5) 1, 3, 7, 5, 8, 9, sonlarini har birini 1 taga ortiring va 1 taga kamaytiring.
6) 7 sonidan, 4 sonidan, 5 sonidan oldin keluvchi sonlarni ayting.
Sonlar va ifodalarni taqqoslash
1) Qaysi son katta : 3 yoki 5; 7 yoki 4; 1 yoki 2;
2) Quyidagi sonlar juftliklarida kichik sonni ayting. 3 va 6; 7 va 6; 10 va 9;
1 va 2; 7 va 8
3) Qaysinisi katta; 3 + 1 yoki 2 + 1; 2 +1 yoki 3 +1, 2 – 1 yoki 2 + 1
4) Akrom Adaxamdan 3 yil oldin tug‘ilgan, Kimni yoshi katta?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yuqoridagi ko‘rsatilgan va shunga o‘xshash mashqlar orqali 
dars o‘tish ularning matematikaga faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Stoylova L. P, A. M. Pishkalo, ―boshlang‘ich matematika kursi asoslari.
2. bikbayeva. N. U, E. Yangabayeva ―Matematika, 1 – sinf. darslik.


211

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling