Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN 
HAMKORLIKNI TASHKIL ETISHNING USUL VA YO‘LLARI
Mo‘minova Dildora Xalilovna,
Navoiy viloyat Uchquduq tuman MTBga qarashli
6-son “Jasulan” nomli MTT mudirasi
Mamlakatimizda yildan-yilga maktabgacha ta’limga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda. 
Maktabgacha ta’lim sohasida qabul qilinayotgan qarorlar, qonunlarning barchasi yosh 
avlodni har tamonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020-yil yanvar oyidagi Oliy majlis Parlamentiga 
murojaatnomasida ham maktabgacha ta’lim sohasida oid ustuvor vazifalar belgilandi. 
Murojaatnomada joriy yilda bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 
darajasini 60 foizga yetkazishni belgilab berildi. bundan ko‘zlangan maqsad esa bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlash, ularni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashdir.
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan ilk kundan boshlab ta’lim-tarbiya jarayonida faol 
qatnasha boshlaydi. Uch yoshga qadam qo‘ygan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul 
qilgandan so‘ng asosiy vazifa ularni bog‘cha sharoitiga o‘rgatish, moslashtirishdir. bu yoshdagi 
bolalarni ko‘plarida ta’lim tashkilotiga moslashish bir qancha qiyin kechadi. chunki u aynan 
shu davrgacha oila davrasida o‘z faoliyatini olib borgan. Uning uchun bu davr yangi bosqich 
hisoblanadi. bola maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘z o‘rnini topishi, uning faol azosi bo‘lishi 
uchun tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari kerak. 
MTT va oila o‘rtasidagi hamkorlikning turli usullari mavjud bo‘lib, ular bolani bog‘cha 
sharoitiga tezda moslashishga hamda ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil qilishda yordam 
beradi. bolaning har tamonlama rivojlanishini tashkil qilish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti 
ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
- ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
- ota-onalarni o‘quv tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
- ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotidagi ishtirok etish borasidagi 
tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash.
MTT va oila uyg‘unligida bola tarbiyasi samarali kechadi, agarda, birinchidan, ta’lim tashkilotida 
ta’lim – tarbiya jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, ota – onalar bolalar 
tarbiyasining quyidagi ma’naviy jihatlariga e’tibor berilsa:
• sog‘lom oilaviy muhit; oila ma’naviyati;
• oilada bolaga ma’naviy – immunologik tarbiya berish omillari;
• oilada bola tarbiyasiga oid munosabatlar;
• oilada bola tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar;
• oilada bolani ma’naviy jihatdan tarbiyalashga bag‘ishlangan tadbirlar, marosimlar, urf – 
odatlar, milliy va oilaviy bayramlar 
Bu jihatlardan ota–onalar tashabbuslari bilan MTT da uyushtiriladigan “Ma’naviyat 
mashg‘ulotlari”da foydalangan holda olib borilsa erkin va ijodiy fikrlaydigan faol shaxsini 
shakllantirishga erishiladi. 
MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka xolda ishlash 
shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini 
tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini 
ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini 
keltiramiz:

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling