Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BARKAMOL AVLODNI MA’NAVIY YETUK QILIB TARBIYALASHDA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
BARKAMOL AVLODNI MA’NAVIY YETUK QILIB TARBIYALASHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI Mirkamolova Maxsuda Nazirjonovna Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 28- maktab Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Telefon:+99899 914 79 17 Annotatsiya: Ushbu maqolada barkamol avlodni yetuk qilib tarbiyalashda boshlang‘ich ta’limning o‘rni, didaktik o‘yinlarning ahamiyati, masofadan o‘qitish tizimi haqida mulohazalar yuritilgan. Kalit so‘zlar: barkamol avlod, didaktik o‘yilar, masofadan o‘qitish tizimi. O‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, bilimini oshirishda boshlang‘ich ta’limning ahamiyati katta. bugungi kunda boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati, o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilishi va ularni kundalik hayotda qo‘llay olishi, mantiqiy va ijodiy fikrlashi, o‘z-o‘zini boshqarishi, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, chet tillarini o‘rganishni boshlash, ta’limiy faoliyatini tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Bo‘shlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlar vositasida darslarni olib borish bolalarning aqliy faoliyatiga tezkor kirishishi va adabtatsiya hosil qilishlariga ham ko‘mak beradi. Yangi dars boshlanishida yoki o‘tilgan darsni mustahkamlash paytida didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish mumkin. boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlarning ahamiyati beqiyosdir. O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’lum sifatlarni shakillantirish uchun, o‘qituvchilar, ota onalar tomonidan qollaniladigan usuldir. O‘yin vositasida o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi. Turli xil narsa-buyumlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek ularda muomala madaniyati shakllanadi. Quyidagi didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. “O‘zim tekshiraman”, “Topog‘on”,”Bo‘lishi mumkin emas”, “Doiraviy misollar”, “Davom ettir”, “Sirli osmon”, “Zanjir”, “O‘yin topishmoq”, “Tez javob”, “Rebus”, “Quruvchi”, “Nima yo‘qolib qoldi” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. Ta’lim jarayonida yangiliklarni tez-tez joriy etish bir xil dars o‘tishdan qochish, malakali pedagoglarni ish tajribasini o‘z pedagogic jarayonida qollay bilish, bularning hammasi sifat samaradorligini oshirishdagi vazifalardan biri sanaladi. har bir o‘qituvch izlanishi bugungi kun talablari asosida o‘zini o‘zi tarbiyalashi o‘z ustida tinmay ishlashi zamonaviy pedagogic va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishi uni ta’lim jarayoniga qo‘llay olishi kerak. hozirgi kunda buning uchun o‘qituvchida barcha imkoniyatlar mavjud. Men shu o‘rinda o‘z ish tajribamda erishgan yutuqlarim haqida o‘rtoqlashmoqchiman. O‘z darslarimda o‘yilardan ko‘p foydalanganligim uchun o‘quvchilarimning birinchi navbatda bilim samaradorligi juda yaxshi. O‘zim o‘qitadigan fanlardan bilim ko‘rsatkichlari 80 foizdan yuqori. bolajonlar bilan oramizdagi munosabatlar juda yaxshi. Ayniqsa bolajonlarning orasida muntazam dars qoldiradigan o‘quvchi umuman yo‘q. davomat ko‘pincha yuz foizni tashkil qiladi. chunki bolajonlarim maktabga oshiqib kelishadi.Afsuski koronavirus pandimiyasi tufayli ko‘pgina tanlovlarimiz qoldirildi. O‘quvchilarimiz “Yurt kelajagi” kickintoylar olimpiadasiga juda faol qatnashib kelmoqda edilar. Onlayin dars rejimiga o‘tganimizdan keyin ham o‘quvchilarimning deyarli hammasi muntazam mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib borishdi. hozirgi kunda boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik inavatsion va axborot kommunikatsiya texnalogiyalarini ta’lim jarayoniga keng tadbiq etish ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni ham taqozo etadi. bu jarayonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchi kasbiy salohiyatini namoyish qila olishi bolalar pisixologiyasi hozirgi zamon bo‘shlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi hamda o‘z ustida mustaqil ishlashi, fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo‘lishi samarali o‘qitish metodikalarini o‘zlashtirishi lozim. Ayniqsa hozirgi pandemiya davrida biz bunga yana bir bora ishonch hosil qildik. chunki karantin e’lon qilinganda AkT laridan bilimimiz yetarli emasligi bilinib qoldi. Ammo bizda karantin boshlanganda vaqt ko‘p bo‘lganligi uchun tezlikda bilib olishga harakat qildik. 4-chorak 62 10 boshlanganda kundalik vazifalarni muntazam bajarib bordik. Shu bilan birgalikda axborot kommunikatsiya texnologiyarining imkoniyatlari juda ko‘p ekanligiga amin bo‘ldik. Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda turli ta’lim shakllari qatori masofadan o‘qitishning keng qo‘llanilayotganligi ham albatta quvonchli holdir. Axborot kommunikatsiya texnologiyarining rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishni yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etish hozirgi zamon modellari asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. barcha oily ta’lim muassasalari kabi xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida ham masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasi amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Shu ishlar doirasida bizning Sirdaryo viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari Namangan va Jizzax viloyatlarining xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida masofadan o‘qib o‘z malaka-tajribamizni oshiryapmiz. bizning bu faoliyatimida Boyovut tumani xalq ta’limi boshlag‘ich ta’lim metodistimiz Gulnora Xoliqova yaqindan yordam bermoqda. berilgan topshiriqlarni bizga o‘z vaqtida yetkazib beradi. biz ham bu topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida bajarib o‘z bilim malakalarimizni oshirib bormoqdamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1 Ijtimoiy tarmoqlar. 2 Shaxsiy tajribalarim haqidagi mulohazalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling