Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI INTERAKTIV USULLAR YORDAMIDA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI INTERAKTIV USULLAR YORDAMIDA 
TASHKIL ETISH 
Yusupova Mavlyuda Abdulahatovna
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontegi tumani
43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
Tel: 990881115
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarning samarasini oshirish uchun 
interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiya, DTS, interaktiv metodlar, “O‘qituvchining o‘gitlari”, 
PISA, PIRLS.
Bugungi kunda ta’lim tizimining eng asosiy talablaridan biri bu darslarni zamonaviy 
usullarda o‘tish va ta’limni takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli 
foydalanishdir. O‘quvchilarning har bir darsga qiziqishini, faolligini oshirishda, interaktiv o‘qitish 
usullari ijobiy samara bermoqda. hozirgi kun maktab ta’limiga qo‘yilayotgan muhim talab ta’lim
mazmuniga zamonaviy axborot texnologiyalarni keng qamrovda joriy etishdir. Mazkur talab 
dars jarayonida muammoli vaziyatlar yaratib, o‘quvchilar faolligini oshirish, mustaqil va ijodiy
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z nuqtai nazarini asoslay olish, ularni nutqiy faoliyatiga 
tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishga xizmat 
qiladi. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish ijobiy samara beradi, o‘quvchi faolligi va qiziqishini, o‘qituvchi
mahoratini oshiradi. dars jarayonida o‘quvchilarga faqatgina dTS talabi bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalarini berish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu bilim va ko‘nikma asosida o‘quvchilarni 
hayotga, tabiatdagi har bir ijtimoiy voqealarga to‘g‘ri munosabatini rivojlantirishni, ya’ni ta’lim 
bilan birga tarbiyani ham qo‘shib olib borishni asosiy maqsad qilib, uni amalga oshirish muhim 
vazifalardan biridir.
Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, 
o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani 
amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi 
pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan 
turlaridan biri bu interaktiv metodlardir.
Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni 
ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga 
qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, 
to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi 
o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada 
o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik 
ta’minlanadi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi uchun 
biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o‘quvchilar diqqatini jamlashda 
qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish, 
ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirib, 
lug‘at boyligini oshiradi. Masalan, 3-sinf o‘qish kitobi assida tuzilgan rasmli testlardan namunalar 
keltiradigan bo‘lsak, “O‘qituvchining o‘gitlari” she’rining muallifi kim?
a) Anvar Obidjon b) Muhiddin Omon d) Normurod Norqobilov 


55
10
Topishmoqning to‘g‘ri javobini toping “Bo‘lar sariq yo qizil, yer tagida yetilar”
a) uzum b) olma d) sabzi
bunday testlar xalqaro o‘qitish tizimiga mos testlar hisoblanadi. dars jarayonida shunday 
testlardan foydalanish orqali o‘quvchilarin bilim darajasini yanada oshirish imkoni paydo bo‘ladi. 
Sababi test aynan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos ravishda tuzilgan va bolani 
har tomonlama shakllantirishni ko‘zlaydi. 
Boshlang‘ih sinf o‘quvchilarini tangicha pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning 
afzalliklari birinchi o‘rinda bola darsga qiziqadi, chunki bu oddiy maruza shaklida tshkil 
etiladigan darlardan qiziqroq tarzda tashkil etiladi. O‘quvchi darsda o‘z fikrini erklin bildira 
olish imkoni paydio bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida endigina shakllanayotgan bolaning nutqini 
o‘sishiga yordam beradi. Eng muhimi esa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ham eshitib fikrlash, 
ham ko‘rib bildirilayotgan fikrlarni talil qilish imkoni paydo bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash 
natijasida darsning saviyasi yuqori bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi ham 
ko‘tariladi. bundan tashqari tashkil etiladigan interaktiv darslar Xalqaro ta’lim tizimlari: PISA, 
PRLIS talablariga javob beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. UMAROVA, X. hAMROQULOVA,R. TOJIbOYEVA 3-SINf “O‘QISh 
kITObI”„O‘QITUVchI“ NAShRIYOT-MATbAA IJOdIY UYI TOShkENT – 2016
2. https://moluch.ru/archive/294/66754/


56

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling