Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONGLI OʻQISHNI SHAKLLANTIRISH
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
10
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONGLI OʻQISHNI SHAKLLANTIRISH Islomova Muqaddasxon Sobirjonovna Andijon viloyati Andijon tumani 33-umumiy oʻrta ta’lim maktabi Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi +998932453561 Annotatsiya: bu maqolada boshlangʻich sinflarda ongli oʻqishni shakllantirish va savodxonlikni oshirish toʻgʻrisidagi fikrlar yoritilgan. Ongli oʻqitishda an’anaviy usullar bilan birgalikda yangi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rasmlardan foydalangan holda matnlar tuzdirish orqali oʻquvchilarni fikrlashga undash darsning maqsadini mustahkamlashga yordam beradi. Kalit soʻzlar: ongli oʻqish, an’anaviy usul, zamonaviy metod, topishmoq, ertak, maqol, alifbo, audiovizual, texnikaviy yondashuv. bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yan- gi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat oʻzgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga oʻzining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vo- sitalar ham mavjud boʻlib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylan- tirdi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, oʻquvchilarni mus- taqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, oʻquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish koʻnikma va malaka- larini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A. karimov oʻzining ―Yuksak ma’naviyat – yengil- mas kuch asarida oʻqituvchilarning oʻquvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori baholab shunday degan edi: “ Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash- dek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyana- miz va tayanamiz, ertaga oʻrnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini oʻzimizda yaxshi tasavvur qilamiz”. An’anaviy oʻqitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va oʻgʻzaki soʻzlarga tayanib ish koʻrishi tufayli «axborotli oʻqitish» sifatida tavsiflanadi, chunki oʻqituvchi faoliyati birgina oʻquv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda. Oʻqish darslarida tarbiya oʻqilgan matnning ongli oʻzlashtirilishiga bogʻliq. birinchidan, oʻquvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, oʻzida shunday sifatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson boʻlish uchun oʻqishning zarurligini anglaydi. Ongli oʻqishni taminlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatini qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1. Rasmda nima tasvirlangan? 2. Rasmni kuzating matnda nima haqida gap boradi? 3. Rasm bilan matn orasida boʻgʻlanish bormi? 4. Matn mazmunini rasmga qarab soʻzlab bering. demak, oʻqish oʻqilganlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan gʻoya oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtiriladi. Savod oʻrgatishning birinchi kunidayoq oʻqish ongli boʻlishi, bolalarni ongli oʻqishga oʻrgatish juda muhim. Sharoitga qarab muammoli holatni yaratish zarur. bunday holat “Alifbe” dan yoki muammmoli savolni keltirib chiqardigan taxminiy suhbat, harf terish matosidan, oʻqiladigan topishmoqdan hosil qilish mumkin. Masalan : bahorda birinchi boʻlib qaysi qush uchib keladi? Ongli oʻqishni ifodali oʻqishdan ajratib boʻlmaydi. Ammo analitik oʻqishning birinchi bosqichida ifodali oʻqish mumkin emas, chunki bolalar tugallangan intonatsiyani, soʻzda urgʻuli boʻgʻinni ajrata olmaydilar, soʻroq ohangini, orfoepik toʻgʻri oʻqishni ham bilmaydilar. Shuning uchun analitik oʻqish bosqichida soʻzni yaxlit, orfoepik qayta oʻqish tavsiya qilinadi. bunday qayta oʻqish toʻgʻri intonatsiyaga, oʻqishning ongli boʻlishiga yordam beradi, ifodalilikkka oʻrgatadi. O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini taminlash uchun matn mazmunini oʻquvchilarning 49 10 koʻrgan –kechirganlari taassurotlari bilan bogʻlash lozim. Shunda oʻquvchida oʻqishga, oʻrganishga qiziqish ortadi. She’r, tez aytish, topishmoq qoʻshiq maqol hikmatli soʻzlardan oʻqitish yod oldirish ham oʻquvchilarning oʻqishga qiziqishini oshiradi, oʻqish malakasini shakillantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Ongli oʻzlashtirishni amalga oshirishda lugʻat ustida ishlash ham muhimdir. Soʻzlarning ma’nosi ustida toʻxtalish fikrni oydinlashtiradi, matnni tushinishga yordam beradi. boshlangʻich sinflarda oʻqish darslarining uchdan ikki qismi oʻqishni mashq qilishga ajratilishi lozim. Savod o‘rgatish davri o‘qish va yozuv darslarida o‘quvchilar o‘qish va yozuv malakasini muvaffaqiyatli egallashlari uchun bir qator amaliy ishlarni amalga oshirish zarurki, bular bolalarning ongli o‘qish malakasi va imloviy savodxonligini, og‘zaki va yozma nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga, bola shaxsining umumiy kamolotiga ta’sir qilsin va ta’minlansin. Savod o‘rgatish davri o‘qishva yozuv darslarini ilg‘or pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish dars samaradorligini oshiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A.karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat. 2008-y. 2. boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi// boshlang‘ich ta’lim, 1998, 6-son. 3. Uzviylashtirilgan davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi, - Toshkent,2013. 4. Abdullayeva Q., Nazarov k., Yo‘ldosheva Sh. Savod o‘rgatish metodikasi.- T, “O‘qituvchi”, 1996. 5. Abdullayeva Q. Yangi pedagogik texnologiyalar // boshlang‘ich ta’lim, 1999, 4-son, 8-9-betlar. 6.Matnazarova k. O‘qitishning faol metodlari// boshlang‘ich ta’lim, 2009, 5-son, 22-23-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling