Metodika 1-topshiriq. Zamonaviy dars turlari haqida ma’lumot bering. Namuna


Download 1.03 Mb.
Sana05.06.2020
Hajmi1.03 Mb.
#115051
Bog'liq
3-seminar metodika



Metodika

1-topshiriq. Zamonaviy dars turlari haqida ma’lumot bering.

Namuna: Zamonaviy dars ta’limning rivojlangan shakli bo‘lib, u dars jarayonida yangi metod va usullardan foydalanishni, axborot texxnologiyalari asosida dars o‘tishni nazarda tutadi. Zamonaviy dars turlari quyidagilar:

1. Ma'ruza darsi - O'qituvchi ma'ruza tayyorlash uchun bir necha mavzuni o'quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o'rinlarni ko'chirma qilish, kerak joylarga ko'rgazmalar, kartochkalar tayyorlashni topshiradi. Tayyor bo'lgan o'quvchi o'z mavzusi yuzasidan ma'ruza qiladi. Qolgan o'quvchilar ma'ruzachiga savollar berishadi. Ma'ruza darslaridan o'quvchi hajmi katta materialni qisqa muddatda o'rganish, o'zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkamlash ko'nikmasini egallab boradi.

2. Seminar darsi - Adabiyot darsliklaridagi katta mavzular, xususan, bir ruknga jamlangan materiallar to'liq o'tib bo'lingandan so'ng mavzular o'quvchilarga qaytadan bo'lib beriladi. O'qituvchi yordamida reja tuzilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati taqdim etiladi. Har bir o'quvchi o'z mavzusining mohiyatini ochib berganidan so'ng sinfdagi boshqa o'quvchilar so'zga chiqib mavzuni to'ldirishi mumkin bo'ladi. Dars oxirida har bir so'zga chiqqan, munosabat bildirgan, fikrlarini to'ldirgan ishtirokchilarning faoliyati tahlil qilindi, har biri haqida alohida fikr aytilib baholanadi. Seminar darslari o'quvchilarda mustaqil izlanish va javobgarlik hissasini tarbiyalaydi.

3. Laboratoriya darsi- O'quvchilar turli o'quv predmetlari bo'yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o'tkazadi. Laboratoriya darsi amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o'quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.

4. Konferensiya darsi - O'qituvchi konferentsiya darslarini tashkil etishdan avvol dars mavzusi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishi, mavzuga oid adabiyotlar ro'yxatini tayyorlashi talab etiladi.

5. Bahs-munozara - O'quvchilarga bir kum oldin mavzu beriladi. O'quvchilar mavzuni o'qib, savollarga javob topib, darsda o'quvchilardan o'sha savollarga javoblar bahs-munozara asosida olib boriladi.

6. Musobaqa darsi- Adabiyot o'qitishining samarali darslardan biri hisoblanadi . Bunday darslarda har bir alohida shaxslar yoki o'quvchilar guruhlari bir- biri bilan musobaqalashadilar.

7. Va' zxonlik darsi- Bunday darslar , asosan, yuqori sinflarda amalga oshirilib, o'qituvchi ma'ruzasidan iborat bo'ladi. O'quvchilar ko'proq tinglovchiga aylanadilar. Va ' zxonlik darslarida o'qituvchi nutqining izchilligi va ravonligi, aniq reja asosiga qurilishi va ko'rgazmalilikka asoslanishi mumkin sanaladi.

8. Ssenariy darsi - Ta'lim amaliyotiga kirib kelgan bu dars turi ham o'quvchilarni bevosita ijodga undashi bilan ahamiyatlidir. O'rganilgan asarlar matni yuzasidan ssenariy tuzish- o'ziga xos ijod jarayoni. O'qituvchi avval o'quvchilarga asar mazmuni yuzasidan ssenariy tuzish yo'llarini o'rgatadi. Keyingi darsda o'quvchilar tomonidan tuzilgan ssenariylarning xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu jarayonda o'quvchilar mustaqil fikrlash va ijod qilishga yo'naltiriladilar.

9. Sinov darsi - Bu tipdagi saboqlar ikki turli bo'ladi. Sinov darslarining birinchi shaklida o'qituvchi yirik boblarni ma'ruza tarzida o'tadi. O'quvchilarga materiallarni umumiy tarzda qamrab oluvchi savollar berildi. Keyingi soatlarda shu savollarga javob oladi. Darsning bu turi tarbiyalanuvchilarni barcha savollarga javob topish uchun izlanishga chorlaydi. Yaxshi o'zlashtiradigan o'quvchilar bilan qo'shimcha ishlash va past o'zlashtirganlarga yordam berish uchun sharoit yaratiladi. Sinov darslarining ikkinchi turi o'quv yili va chorak davomida o'tilgan materiallar mazmunidan kelib chiqqan holda savollar berish bilan farqlanadi. O'quvchilar tayyor bo'lgan paytlarida yoki ro'yxat asosida javob berishlari mumkin. Sinov darslari o'quvchilarning o'tilgan materiallarni to'liq bilishiga qaratiladi.



10. Muammoli dars - Darsda muammoli vaziyat vujudga keltiriladi. O'quvchilar muammo yechimini yakka holda yoki guruh bo'lib izlashlari mumkin. Dars davomida bir necha muammoli savollar o'rtaga tashlanadi va umumiy xulosa chiqariladi. Muammoli vaziyat o'quvchilarda aqliy izlanish ko'nikmalarini shakllantiradi.

2-topshiriq. Savollarga javob bering.

1.Dars nima?



Dars-ta'limning o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, shakllantirish zarur bo'lgan ko'nikma, malaka, dunyoqarash va axloqiy estetik sifatlarni o'zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan shakli.

2. Qanday dars turlarini bilasiz?



1. Mavzuni o'rganish, umumiy ma'lumotlar bilan tanishish, yangi bilimlarni o'zlashtirish va olingan bilimlarini amaliyotda qo'llash darsi;

2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash darsi;

3. O'quvchilar bilim va ko'nikmalarini tekshirishga qaratilgan nazorat darsi;

4. Ikki yoki undan ortiq dars turlarining birga qo'llanishidan yuzaga kelgan aralash dars.

3. Darsning jamoa, guruhli va individual shakllari deganda nimani tushunasiz?



O'quvchilarni muayyan muammolarni yechishda yoki yo'naltirilganda bir-biridan o'rganish bir-biriga o'rgatish jamoa , guruh bo'lib ishlashdir. Dars mashg'ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o'quvchining individual xususiyatidir.

3-topshiriq.Tushunchalarni izohlab, jadvalni to‘ldiring.


Jamoa

Guruhli

Kichik guruh

Individual

Hamkorlik

O'quvchilarni dars jarayoni hamma o'quvchilarni faollashtirish imkoniyatiga ega bo'lish lozim muammoli darslarni jamoa bo'lib yechimini topishda undaydigan metod.

Dars jarayonida barcha o'quvchilarni faollashtirish imkoniyatiga ega va guruh bo'lib harakat qilishni talab qiluvchi metoddir.

O'quvchilarni dars jarayonida alohida masalalar yuzasidan oz fikrini kichik guruh muhokama qilishga, turli fikrlarini uyg'unlanlashtirib,

O'quvchilarni guruh bilan olib borilgan darslarda har qaysi o'quvchining individualigi, ularning mustaqilligini oshirish hisobga oligan metod.

O'quvchilarning mustqal guruhlarda ishlashi evaziga ta'lim olishini ko'zda tutadigan metod.

Mavzu bo'yicha jamoaga savol tashlanadi.

Sinfdagi o'quvchilarni guruhlarga bo'lish.

1-guruhni " Humo", 2-guruh " Bulbul" deb nomlaymiz



Umumiy nuqtai nazariga kelishni o'rgatiladi.







Tashlangan savolni jamoa bo'lib topishdir.

Mavzu bo'yicha har bir guruhga alohida topshiriqlar beriladi.

O'quvchilar soni 3-5 nafardan oshmasligi kerak.

Har bir o'quvchini o'z fikrini mustahkamlashdir.




4-topshiriq.“Mehr va Suhayl” dostoni bo‘yicha jadvalni to‘ldiring. 9-sinflar uchun shunga o‘xshash jadval tuzing.

Namuna:


Jobir

Jabr beruvchi, yo‘lto‘sar

Mehr

Quyosh

Suhayl

Oy

Navdar

Mehrning otasi,sipohidan ayriladi

Diydabon

Kuzatuvchi


5-topshiriq.Namunadagidek o‘yinlar texnologiyasini ishlab chiqing.

Bu o‘yinga “Yaxshilar va yomonlar” o‘yini deb nom beramiz. Har bir guruhdan o‘zlari tanlagan bittadan vakil chiqadi. “Chaqqonlar” guruhi ijobiy qahramonlarga, “Topqirlar” guruhi esa salbiy qahramonlarga misollar topadi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilar ijobiy va salbiy qahramonlardan ibrat olish ko‘nikmariga ega bo‘ladi. O‘yinda vaqt belgilanib, qaysi guruh ko‘p va to‘g‘ri misol topsa g‘olib sanaladi.



  1. “Chaqqonlar” guruhi: 2. “Topqirlar” guruhi

Hasanxon Avazxon

Zebinisa Sultonxon

Alpomish Ko`kaldosh

Ravshan Qoraxon

6-topshiriq. 8-sinf darsligida berilgan M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi va 9-sinf darsligida berilgan Odil Yoqubovning “Ulug'bek xazinasi” romanidagi yozuvchining Ulug‘bek – shoh, Ulug‘bek – farzand, Ulug‘bek – ota, Ulug‘bek – olim qiyofasini turli “qutblardan” turib yoritishga xizmat qiluvchi zihatlarni “Muammoli ta’lim texnalogiyasi”ga asoslanib namunaviy ochiq dars ishlanmasini yarating.

Mavzu: Mirzo Ulug'bek -ilm va ma'rifat homiysi.

Darsning maqsadi: Odil Yoqubov ijodi " Ulug'bek xazinasi " romoni xususanida o'quvchilarda bilim va ko'nikmalar hosil qilish.

a) ta'limiy maqsad: badiiy asarda ruhiyat tahlilini shakllantirish;

b) tarbiyaviy maqsad: ushbu romon orqali hayotda ota va o'g'il munosabatlari, farzandlik burchi xususida bolalarda tasavvur uyg'otish.

c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning tafakkur olamini boyitish, asardan chiqarilgan xulosani hayotga tatbiq qilishga o'rgatish.

Dars usuli: Munozarali bahs, suhbat, savol- javob , klaster usullari.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars jihozi : Odil Yoqubov hayot va faoliyati bo'yicha fotosuratlar yaratgan romon va dramatik asarlaridan namunalar, tarqatmalar, slaydlar, texnik vositalar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

c) sinf tozaligiga e'tibor berish;

II. Uyga vazifani so'rash:

Uyga vazifani so'rashda o'quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat qilinadi:

1) Oybek faoliyati haqida gapirining.

2) "Qutlug' qon " romaning g'oyaviy-badiiy mazmuni qanday?

3) Roman janri qancha paydo bo'lgan?

III. Yangi mavzu bayoni: Mavzu yo'nalishiga ko'ra romanlar tarixiy ,falsafafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik, detektiv kabi xillarga bo'linadi. Odil Yoqubovning " Ulug'bek xazinasi " mavzu yo'nalishiga ko'ra tarixiy roman hisoblanadi.

Tarixiy romanning yetuk ko'rinishi hisoblangan " Ulug'bek xazinasi " asari Temuriylar davrida, xususan Mirzo Ulug'bek davri, hayoti, jamiyatdagi adolatsizliklar, ko'ngilsizliklar badiiy yo'sinda g'oyat mahorat bilan tasvirlangan. Asarda hech bir ish jazosiz qolmasligi va ota qotili " padarkush" taqdiri ham yoritib berilgan.



IV. Darsni mustahkamlash :

1. Mirzo Ulug'bek va Abdullatif munosabatlarini qanday baholaysiz?

2. Mirzo Ulug'bekka xiyonat qilganlar kimlar edi?

3. Ali Qushchi obrazini qanday talqin qilasiz?

4. Mirzo Ulug'bek ilmiy faoliyatidan qanday ma'lumotlarga egasiz?

5. Abdulatif ruhiyatidagi to'liqsiz o'zgarishlarga tayanib, inson tuyg'ularining omonatligi to'g'risida to'xtaling?

6. Bu mavzuda yana kimlar qalam tebratganlar u asarlarda Ulug'bekning bosh qahromonlikdagi o'rni va g'oyaviy ahamiyati nimani aks etirgan.



O'qituvchi o'quvchilarning diqqatini har bir timsolga alohida qaraatib, shu timsol haqidagi xulosalarni umumlashtiradi.

O'quvchilar guruhdagi fikrlarni to'ldirishdagi ishtirokiga , yakuniy savol-javobdagi faolligiga qarab baholanadilar.



Topshiriq: " Sinkveyn " usuli - qisqa jumlaga katta axborot singdirilgan matn.

Quydagi qoida asosida amalga oshiriladi.

1. Qator. Asarni bir so'z bilan ifodalash.

2. Qator. Asarni ikki so'z bilan yoritish.

3. Qator. Asardagi voqealik ikki yoki uch so'z bilan ochiladi.

4. Qator. Asardagi his-tuyg'u to'rtta so'z bilan beriladi.









Topshiriq:

O'quvchilar quydagi berilgan jadvalni ikki asos bo'yicha to'ldirishlari lozim.

Birinchi ustunga Mirzo Ulug'bek - tarixiy shaxs haqidagi ma'lumotlarini yozishlari lozim bo'lsa, ikkinchi ustunda Mirzo Ulug'bekning asardagi obrazi faoliyat haqidagi ma'lumotlarni yozishilari lozim.

Yakuniiy qism.

Uyga vazifa berishdan oldindarsda faol ishtirok etgan o'quvchilar mustahkamlashda bajargan ishlari saviyasiga qarab baholanadi



Uyga vazifa :

Asar matnini o'qib kelish, mavzu yuzasidan har bir o'quvchiga o'z imkoniyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda quydagi topshiriqlarni berish mumkin.

1. Ijodiy matn tayyorlash.

2. Mavzu yuzasidan test tuzish .

3. Krasvord tuzish.

Mirzo Ulug'bek

Tarixiy shaxs sifatida.

Asardagi bosh qahramon sifatida.













7-.Umumiy guruhda ishlash bosqichi uchun sxema tayyorlang.“ Blum taksonomiyasi” asosida, “ Kecha va Kunduz” romani yordamida

Taksonomiya bosqichlari

Savol va topshiriq namunalari

Bilim

Roman qachon yozilgan, muallifi kim?

Asarnominiizohlang.

Romanningboshqahramonlarinisanang.

Asarda tasvirlangan voqealarni bayon eting.



Tushunish

Roman shunday tugallanganligi sababini sharhlang.

Romanningqisqacha mazmunini bayon qiling.



Qo‘llash

Asar voqealarini o‘zingizga nisbat berib ko‘ring.

Romandagi voqealar bugunqanday kechganbo‘lardi deb o‘ylaysiz?



Tahlil (analiz)

Timsollarning tabiati bilan ularning xatti-harakatlarini qiyoslang.

Tarixiy sharoit qahramonlar tabiatiga qanday ta'sir qilganini tushuntiring.



Umumlashtirish (sintez)

Ushbu romansujeyinitahlil qiling.

Asar tugallanishini o‘zgartiring.

O‘zingizni qahramonlarning o‘rniga qo‘yib ko‘ring.

Qissa mavzusi bo‘yicha she'r yoki hikoya yozing.



Baholash

Asar yakunini baholang.

Romangataqriz yozing.

Asar qahramonlarini oqlang yoki qoralang.

Roman xotimasi hayotiy yoki aksinchaligini isbotlang.



8-topshiriq.“Rolli o‘yin” texnologiyasi haqida fikr yuriting.

" Rolli o'yin" - muammoli vaziyat yaratiladi. O'quvchilar bu muammoning yechirish rollar orqali ifodalab berishadi. Bu usulda " real " holatlarini qayta jonlantiradilar usulidir.

Epik asarlarni o‘rganishda noan'anaviy usullardan biri o‘quvchilarga roller berib, ijro mahoratlarini, nutq va ishtirok me'yorlarini belgilab olish. Unda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratiladi.



Rollar

Qilinadigan ishlar

Topag‘on

O‘rganilayotgan matndan badiiy asar mohiyati va qahramon tabiati aks etgan kalit so‘zlarni topadi va tanlaydi.

Izquvar

Asar bosh qahramoni va yetakchi obrazlarning xatti-harakatlari va o‘ylarini turli chizma, sxema, grafik vosita va jadvallar vositasida ko‘rsatmali aks ettiradi.

Tadqiqotchi

Kalit so‘zlar va chizmalarga tayanib bosh qahramonning psixologik portretini yaratadi va uning xatti-harakatlari sababini aniqlaydi.

Aloqachi

Badiiy matn bilan hayot orasidagi aloqani topadi, adabiy qahramonni bugunning nazari bilan baholaydi.

Ajratuvchi

Faqat shu asarda uchrab, uning o‘qishliligini ta'minlagan noyob so‘z, birikma va ifodalarni topadi va guruh a'zolari e'tiboriga havola qiladi.

Bezakchi

Bosh qahramon va yetakchi timsollar, ularning xatti-harakatlari, asar voqealari kechgan sharoitni aks ettiruvchi rasmlar chizadi.

Taqdimchi

(etakchi)



Vaqtni nazorat qiladi, guruhda material to‘plash va muhokama qanday borayotganini kuzatadi. Guruh nomidan chiqish tayyorlaydi, natijani taqdim etadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling